Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Qoʻqonda “Talaba yugur” marafoni oʻtkazildi
Calendar icon

Qoʻqonda “Talaba yugur” marafoni oʻtkazildi

Qoʻqonda “Talaba yugur” marafoni oʻtkazildi Bugun Qoʻqon shahrida “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. Mazkur sport tadbiri sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish hamda sportga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Marafonda Qoʻqon davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, sportga boʻlgan qiziqishi, yuqori faolligi va jamoaviy birdamligini namoyon etdi. Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan hamda faol ishtirok etgan qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
O'rda maydoni
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Calendar icon

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi Qoʻqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir asosan 4-bosqich bitiruvchi talabalariga bag‘ishlanib, ularning kelgusi kasbiy faoliyatga tayyorgarligi, ishga joylashish jarayonlari hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga mehnat bozori talablari, kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari va o‘zini namoyon etish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olib, amaliy tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar bilan tanishdilar. Tadbirda davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan faol talabalar ibrat sifatida namoyish etilib, ularning erishgan yutuqlari va tajribalari birinchi bosqich talabalari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Ushbu jarayon yangi talabalarda motivatsiyani oshirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va maqsad sari intilishga undovchi muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida ochiq muloqot muhiti shakllanib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Savol-javoblar jarayoni samimiy va qizg‘in ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida universitet prorektori Ahmadjon Xusanov bitiruvchi talabalarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab, ularga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, u bitiruvchilarni kelgusida magistratura bosqichida ham ko‘rish umidi borligini ta’kidlab, ularning ilmiy va kasbiy rivojlanishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
ARM
Tyutorlar tabiat qoʻynida maroqli hordiq chiqardilar
Calendar icon

Tyutorlar tabiat qoʻynida maroqli hordiq chiqardilar

Tyutorlar tabiat qoʻynida maroqli hordiq chiqardilar Qo‘qon davlat universiteti tyutorlari bugun Namanganning go‘zal maskanlaridan biri — Chodak qishlog‘ida maroqli dam oldilar. Musaffo havo, so‘lim tabiat va samimiy davra jamoadoshlar uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Sayohat davomida tyutorlar nafaqat hordiq chiqarishdi, balki o‘zaro fikr almashib, jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashdi.
Chodak qishlog'i
Qoʻqon davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida
Calendar icon

Qoʻqon davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida

Qoʻqon davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda boy tariximizga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan, joriy haftada Qo‘qon davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan bir guruh talaba-yoshlar uchun poytaxtimiz Toshkent shahridagi muhtasham Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Ushbu tashrif talabalarning dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini bevosita his qilishlari uchun xizmat qildi. Sayohat davomida talabalar markazning me’moriy yechimi, sharqona uslubdagi noyob koshinkorlik san’ati va keng ko‘lamli muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, markazning markaziy zalida saqlanayotgan dunyoga mashhur Usmon Mushafining nusxasi hamda buyuk allomalarimiz — Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning nodir qo‘lyozmalari yoshlarda cheksiz faxr va hayrat uyg‘otdi. Markazning boy kutubxona fondi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan axborot-resurs bo‘limi talabalar uchun haqiqiy ilm xazinasi bo‘lib xizmat qildi. Mutaxassislar tomonidan berilgan batafsil ma’lumotlar yoshlarning islom madaniyati va ilm-fani rivoji haqidagi tushunchalarini yanada boyitdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir nafaqat talabalarning dunyoqarashini kengaytirdi, balki ularning qalbida vatanparvarlik va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi. Bunday tadbirlar kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun kamarbasta bo‘ladigan yuqori malakali va ma’nan yetuk kadrlar tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. Zero, o‘z tarixini va ajdodlar merosini qadrlagan yoshlargina buyuk kelajakni barpo etishga qodir bo‘ladilar.
Toshkent shahri
“Obod qabriston” xayriya hashari tashkil etildi
Calendar icon

“Obod qabriston” xayriya hashari tashkil etildi

“Obod qabriston” xayriya hashari tashkil etildi Aziztepa qabristonida Qo‘qon davlat universiteti talabalarining “Umidli yurt yoshlari” loyihasi doirasida “Obod qabriston” xayriya hashari tashkil etildi. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad qabriston hududlarini obodonlashtirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash hamda ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. Hasharda birinchi prorektor Ahmadjon Husanov ham ishtirok etib, talabalarning tashabbuskorligi va jamiyat hayotidagi faolligini alohida e’tirof etdi. Tadbir davomida faol va tashabbuskor talabalar Aziztepa qabristoni hududlarini chiqindilardan tozalash, yo‘laklarni tartibga keltirish kabi xayrli ishlarda faol qatnashdilar. Tadbir yakunida bunday xayriya va ekologik tashabbuslar yoshlar qalbida mehr-oqibat, hurmat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashi ta’kidlandi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Calendar icon

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda urush va mehnat faxriylarining hayot yo‘li, jasorati hamda bugungi avlod uchun ibrat bo‘ladigan fazilatlari haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Mazkur tadbir yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.