Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Tanlov gʻoliblari maʼlum boʻldi
Calendar icon

Tanlov gʻoliblari maʼlum boʻldi

Qoʻqon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida milliylikni targ‘ib qilish, ularni milliy merosimiz, qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish hamda yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida “Eng yaxshi videorolik” tanlovi tashkil etildi. Tanlov davomida talabalar o‘z ijodiy yondashuvi, milliy ruh va estetikani uyg‘unlashtirgan holda turli mavzularda videoroliklar tayyorlab, o‘z bilim va iste’dodlarini namoyish etdilar. Baholash jarayonida ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, videorolikning mazmuni, ifoda uslubi va texnik sifati inobatga olindi. Tanlov g‘oliblari: 1-o‘rin — Karimjonov Karimjon, Filologiya fakulteti talabasi 2-o‘rin — Abdurahimova Dilnoza, San’atshunoslik va sport fakulteti talabasi 3-o‘rin — Zaylobiddinova Havasxon, Filologiya fakulteti talabasi G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qoʼqon davlat universiteti
Qoʻqon DU talabasi — eng kuchli atletlar safida
Calendar icon

Qoʻqon DU talabasi — eng kuchli atletlar safida

Toshkent shahridagi Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida yengil atletika boʻyicha kattalar va 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida mamlakat chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqaning disk uloqtirish yoʻnalishida Qoʻqon davlat universitetining Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi Muhammadali Sodiqov U20 toifasida faxrli 1-oʻrinni egallab, oltin medal sohibiga aylandi. Bu gʻalaba — mehnat, iroda va fidoyilik samarasidir! Qoʻqon DU seni qoʻllaydi, Muhammadali!
На стадионе Федерации лёгкой атлетики Узбекистана в Ташкенте
Qoʻqon davlat universiteti talabasi Oʻzbekiston chempionatida gʻolib boʻldi
Calendar icon

Qoʻqon davlat universiteti talabasi Oʻzbekiston chempionatida gʻolib boʻldi

2025-yil 21–26 aprel kunlari Jizzax shahridagi “Kiber arena” sport majmuasida qilichbozlik sporti boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqaning rapira yoʻnalishi boʻyicha jamoaviy bahslarida ishtirok etgan Qoʻqon davlat universiteti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi Maftuna Davronova "Fargʻona-1" jamoasi tarkibida munosib ishtirok etdi va chempionatda faxrli 1-oʻrinini egallab, oltin medalga sazovor boʻldi. Qoʻqon davlat universiteti jamoasi Maftuna Davronovani ushbu yutuq bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.
shahridagi “Kiber arena” sport majmuasida
Qoʻqon davlat universitetida sportchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi
Calendar icon

Qoʻqon davlat universitetida sportchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun Qoʻqon davlat universiteti Sport klubida "Talaba yugur" marafonida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi-talabalar bilan samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur marafonda universitetimizning 7 nafar talabasi faxrli natijalar qayd etgan edi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor hamda Sport klubi raisi oʻrinbosari ishtirok etib, sportchilarga universitet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi va ularning muvaffaqiyatlarini alohida eʼtirof etdi. Tadbir doirasida talabalar oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi, kelgusida ham sport va sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish borasida yanada faol boʻlishga daʼvat etildi. Uchrashuv do‘stona va iliq muhitda oʻtdi.
Qoʼqon davlat universiteti
Filologiya fakulteti talabalari Qo‘qon shahridagi "Muruvvat" uyida maʼnaviy-maʼrifiy dastur namoyish etdilar
Calendar icon

Filologiya fakulteti talabalari Qo‘qon shahridagi "Muruvvat" uyida maʼnaviy-maʼrifiy dastur namoyish etdilar

Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti talabalari tomonidan Qo‘qon shahridagi "Muruvvat" uyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida shoirning eng sara she’rlari o‘qildi, yuraklarga iliqlik baxsh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Samimiy suhbatlar, iliq uchrashuvlar orqali ishtirokchilarga Muhammad Yusuf ijodining inson qalbiga ezgulik va mehr bag‘ishlovchi kuchi yana bir bor his ettirildi. Tadbir barcha ishtirokchilarga chuqur taassurot qoldirdi.
Qo‘qon shahridagi "Muruvvat" uyida
"Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi"
Calendar icon

"Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi"

Bugun Qoʻqon davlat universiteti Axborot-resurs markazi binosida Pedagogika va Ijtimoiy fanlar fakultetlari ishtirokida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi, ularning mardligi va fidoyiligi yoshlarga ibrat sifatida namoyon etildi. Tadbirda o‘z yigitlik burchlarini Afg‘onistonda bajargan, baynalmilal jangchilar safida xizmat qilgan ustozlar — Rafiqjon Ahmedov (“San’atshunoslik va sport” fakulteti dotsenti, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi) hamda G‘ofirjon Yunusov (“San’atshunoslik va sport” fakulteti dotsenti, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi) ishtirok etib, yoshlar bilan o‘z hayotiy tajribalari va Vatanga sadoqat haqidagi fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar.
Axborot resurs markazida

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.