Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Yoshlar – kelajak siyosatchilari!
Calendar icon

Yoshlar – kelajak siyosatchilari!

Qoʻqon davlat universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda "Siyosiy munozara: Yoshlar debat klubi" bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, partiyaning Fargʻona viloyat Kengashi tashkiliy va BPTlar bilan ishlash boʻlim mudiri, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi Abdurahmon Toyirov, bosh mutaxassis Muqadas Asronqulova, partiyaning Fargʻona viloyati yoshlar muammolarini oʻrganish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻlim mudiri Sardorbek Sultonov, partiyaning Qoʻqon shahar Kengashi vakili T. Moʻminov, talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda siyosiy madaniyat, liderlik, fuqarolik pozitsiyasi kabi dolzarb mavzular yuzasidan ochiq va asosli munozaralar olib borildi. Tadbir yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol aralashuvini rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Qoʼqon davlat universiteti
Qo‘qonda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida gala-konsert bo‘lib o‘tdi
Calendar icon

Qo‘qonda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida gala-konsert bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida tinchlik, totuvlik va millatlararo do‘stlikni targ‘ib etishga qaratilgan gala-konsert tashkil etildi. Tadbir “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida o‘tkazildi. Tadbirda oliy ta’lim muassasalari talabalari, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Estrada xonandalari hamda Qo‘qon davlat universitetining iqtidorli talabalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, viktorinalar, interaktiv o‘yinlar va intellektual bellashuvlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida
“Omadli yoshlar” jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Calendar icon

“Omadli yoshlar” jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Premyer ligasi 3-mavsum yarim final bosqichi ishtirokchisi — “Omadli yoshlar” jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Alisher Anvarov hamda “Omadli yoshlar” jamoasi a’zolari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida jamoa a’zolarining sahnadagi faoliyati, ijodiy ishlari hamda hazil va ijobiy kayfiyat orqali yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yakunida viloyat Kengashi raisi Alisher Anvarov tomonidan “Omadli yoshlar” jamoasining fidokorona mehnati e’tirof etilib, universitet rahbariyati va jamoa a’zolariga Tashakkurnomalar topshirildi.
Qoʼqon davlat universiteti
Talabamiz para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida uchta medalni qoʻlga kiritdi
Calendar icon

Talabamiz para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida uchta medalni qoʻlga kiritdi

2025-yil 13–16-may kunlari Angren shahridagi "Yangiobod" respublika o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida para yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatda Qo‘qon davlat universitetining Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Husnida Koʻshmonova F11-disk uloqtirish yo‘nalishida ikkita kumush, 100 metrga yugurish bahslarida bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qo‘qonDU jamoasi Husnida Koʻshmonovani erishgan yutuqlari bilan muborakbod etadi va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi!
Angren shahridagi "Yangiobod" respublika o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida
“Talabalar oqshomi”: bayramona kayfiyat va quvonchli lahzalar
Calendar icon

“Talabalar oqshomi”: bayramona kayfiyat va quvonchli lahzalar

Qoʻqon davlat universiteti talabalar turar joyida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli, maroqli va madaniy ruhda oʻtkazish maqsadida “Talabalar oqshomi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir talabalar tomonidan katta qiziqish va yuqori kayfiyat bilan kutib olindi. Kechada Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — Muhsinjon Moʻminov va Toʻlqinjon Haydarovlar, dotsent Eʼzozxon Qobilova tomonidan ijro etilgan raqsbop musiqalar va jonli kuy-qoʻshiqlar davraga oʻzgacha shukuh bagʻishladi, yoshlarga chinakam bayramona atmosfera ulashdi. Musiqa va raqsga boy, iliq muhitda oʻtgan “Talabalar oqshomi” talabalarning ijodiy faolligini oshirish, ularning oʻzaro doʻstona aloqalarini mustahkamlashda muhim omil boʻldi. Universitet rahbariyati tomonidan bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy-maʼnaviy hayotini yanada boyitishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Qoʻqon davlat universiteti talabalar turar joyida
“Afandining besh xotini” spektakli namoyish etildi
Calendar icon

“Afandining besh xotini” spektakli namoyish etildi

Joriy yilning 26-may kuni Qo‘qon musiqali drama teatrida Qo‘qon davlat universitetining San’atshunoslik va sport fakulteti talabalari tomonidan Ibrohim Sodiqovning asari asosida sahnalashtirilgan “Afandining besh xotini” nomli spektakl namoyish etildi. Mazkur spektakl universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va san’at muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Sahna asari xalq og‘zaki ijodining yumoristik an’analariga boy bo‘lib, unda aktyorlik mahorati, sahna harakati va obraz yaratish bo‘yicha talabalarning o‘z ustida tinimsiz ishlayotgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Qayd etish joizki, spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori — “Aktyorlik mahorati” fani o‘qituvchisi Otabek Anvarov talabalar bilan birgalikda asarni sahnaga puxta tayyorgarlik bilan olib chiqdi. Bunday tadbirlar yoshlar ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, milliy teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Qoʼqon shahar drama teatri

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.