Orzuni haqiqatga aylantir!

Qoʻqon davlat universitetining asosiy maqsadi — yuksak bilimli, zamonaviy tafakkurga ega, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, Vatanga muhabbat va fidoyilik ruhida tarbiyalangan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Universitet ta'lim, fan va innovatsiyani uzviy uyg'unlashtirish orqali oʻz faoliyatini zamonaviy xalqaro talablar asosida olib boradi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, jamiyat va davlat ehtiyojlariga mos kadrlar yetishtirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish universitet jamoasining ustuvor yoʻnalishidir.

Qoʻqon davlat universiteti oʻz oldiga har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda zamon talablariga mos innovatsion ta'lim muhitini yaratishdek yuksak maqsadlarni qoʻygan.

Bizning qadriyatlarimiz

Sifatli ta'lim

Fan va innovatsiya

Barkamol avlod

Xalqaro hamkorlik

Milliy qadriyatlar

Kelajak yoʻnalishi

Raqamlarda universitet

18K+
Talabalar
7
Fakultetlar
28
Kafedralar
800+
Professor-oʻqituvchilar
50+
Ta'lim dasturlari
90+
Yillik tajriba