Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Calendar icon

Ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Qoʻqon davlat universitetida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tashkil etilayotgan “Men farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusidagi ota-onalar yigʻilishlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan Pedagogika va psixologiya fakultetida navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda universitet birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani Nigora Erkaboyeva, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi Mirzobek Mahmudov, professor-oʻqituvchilar, fakultetga biriktirilgan profilaktika inspektorlari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Uchrashuvni fakultet dekani Nigora Erkaboyeva ochib berib, yangi o‘quv yilida talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi ustuvor vazifalar, ota-onalarning masʼuliyati hamda ular bilan doimiy hamkorlikning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, fakultetda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quv jarayonini zamonaviy talablarga mos tashkil etish borasida ma’lumot berdi. Birinchi prorektor Ahmadjon Husanov so‘zga chiqib, universitet rahbariyati tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sifati va tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidladi. U, shuningdek, ota-onalarning farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmasliklari, ularning o‘qishi, ijtimoiy hayoti va qiziqishlari bilan yaqindan tanishib borishlari zarurligini qayd etdi. Uchrashuv davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ular farzandlarining bilim olish sharoitlari, fakultetdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, talabalar turar joyi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Mutasaddi rahbarlar ota-onalarning murojaatlariga javob qaytarib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr bildirdilar. Tadbir yakunida tomonlar kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish, ota-onalar va universitet o‘rtasidagi samarali aloqalarni mustahkamlash, talabalarning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.
Qo'qon davlat universiteti
Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi
Calendar icon

Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Qoʻqon davlat universitetida Din ishlari boʻyicha qoʻmita Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Zokirjon Xakimov hamda talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi. Tadbir yoshlarning ongini yuksaltirish, diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash hamda zamonaviy axborot manbalaridan toʻgʻri foydalanishni targʻib qilishga qaratildi. Uchrashuv avvalida Zokirjon Xakimov ishtirokchilarga jaholat tushunchasining zamonaviy jamiyatdagi salbiy oqibatlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Maʼruzachi jaholatni rad etishning asosiy vositalari sifatida ilmiy bilim, tarixiy va milliy qadriyatlarni chuqur anglash, shuningdek, ochiq va konstruktiv muloqotlarni koʻrsatdi. U diniy bagʻrikenglik va fuqarolik qarashlarini rivojlantirish orqali yoshlar arasında ekstremistik gʻoyalar tarqalishining oldini olish mumkinligini taʼkidladi. Tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga taʼsiri alohida muhokama qilindi. Mutaxassislar axborot xurujlari, yolgʻon maʼlumotlar va radikal kontentdan himoyalanish uchun raqamli savodxonlikni oshirish, manbalarning ishonchliligini tekshirish va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligini aytdi. Shuningdek, milliy va umummadaniy qadriyatlar orqali yoshlarni maʼnaviy jihatdan mustahkamlash usullari koʻrib chiqildi. Uchrashuvda talabalar mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib, dolzarb savollar bilan chiqishdi. Masʼullar har bir savolga batafsil javob berib, amaliy tavsiyalar, oʻquv-adabiyotlar va qoʻshimcha resurslar haqida maʼlumot taqdim etdilar. Talabalar orasida axborot xavfsizligi, diniy manbalarni tanlash mezonlari va ijtimoiy tarmoqlarda munozaralarni konstruktiv yoʻlga qoʻyish masalalariga qiziqish yuqori ekanligi kuzatildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni maʼrifatli va tanqidiy fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalashga doir aniq amaliy choralar belgilab olindi. Universitet maʼmuriyati va Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakillari kelgusida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishni, talabalarning ijtimoiy va axborot sohalaridagi bilimlarini oshirish yoʻnalishida hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilganini bildirdi.
Qo'qon davlat universiteti
Qoʻqon DU: Ta’lim fidoyilariga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar o‘tkazildi
Calendar icon

Qoʻqon DU: Ta’lim fidoyilariga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar o‘tkazildi

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qoʻqon davlat universitetining barcha fakultetlarida professor-oʻqituvchilar, murabbiylar hamda mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirlarda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov soʻzga chiqib, aziz ustozlarni, ta’lim fidoyilarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. O‘z nutqida u universitetda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlarda ustoz va o‘qituvchilarning beqiyos o‘rni, fidokorona mehnati borligini alohida ta’kidladi. Bayram tadbirida ta’lim va tarbiya jarayonida samarali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar, murabbiylar hamda faxriy ustozlarning katta guruhi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa ularning yillar davomida qilgan fidokorona xizmatlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi. Dastur davomida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, dilbar raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bayramona shukuhga boy tadbir ishtirokchilarning qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi”: talabalar mahorati stol-tennisida namoyon bo‘ldi
Calendar icon

“Besh tashabbus olimpiadasi”: talabalar mahorati stol-tennisida namoyon bo‘ldi

Qo‘qon davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada universitetning 7 ta fakultetidan 3 nafardan eng sara tennischi talabalar ishtirok etishdi. Ular o‘z mahorat, chaqqonlik va irodaviy sifatlarini namoyon etgan holda, teng kuchli raqobat muhitida bellashdilar. 🏆 Natijalar: 🥇 D. Tojimuhammadov — San’at va sport fakulteti 🥈 V. Danelyan — San’at va sport fakulteti 🥉 N. Madaminov — Pedagogika va psixologiya fakulteti 🥉 B. Maxmudov — San’at va sport fakulteti G‘olib va sovrindor talabalar Qo‘qon davlat universiteti ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur musobaqa “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va jamoaviylik muhitini mustahkamlash, shuningdek, sportning ommaviyligini ta’minlashga xizmat qildi.
“Milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tdi
Calendar icon

“Milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya fakultetida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy o‘zlikni anglash hamda urf-odat va an’analarni keng targ‘ib etish maqsadida “Milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi” tashkil etildi. Ko‘rgazmada talabalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan milliy liboslar, xalq amaliy san’ati namunalari, milliy taomlar, oila marosimlariga oid buyumlar, shuningdek, hududlarga xos qadimiy bezaklar va an’anaviy aksessuarlar namoyish etildi. Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ishtirok etib, talabalarning tashabbuskorligi, milliy qadriyatlarga bo‘lgan mehrini alohida e’tirof etdi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Prorektor ijara xonadonlarida bo‘ldi
Calendar icon

Prorektor ijara xonadonlarida bo‘ldi

Qo‘qon davlat universitetida talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ta’lim bilan bir qatorda hayotiy qulayliklarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Bugun Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmajon Husanov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Barnoxon Hasanova, xotin-qizlar boʻyicha inspektor Zulhumor Hayitova va tyutorlardan iborat ishchi guruh mahallalarda ijarada yashayotgan talabalar xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlari, gigiyenik sharoitlar, yong‘in xavfsizligi talablari va yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Shuningdek, ayrim kamchiliklar joyida aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xonadon egalari hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Suhbat chog‘ida talabalarning dars jarayonlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy faoliyatdagi ishtiroklari ham muhokama qilindi. Ularning taklif va fikrlari tinglanib, zarur yordam choralari belgilab olindi. Mazkur tashriflar talabalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni doimiy e’tiborda tutish hamda ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ijara xonadonlar

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.