Tarixi
Qoʻqon davlat universitetida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Xalqaro hamkorlik boʻlimi tashkil etilgan. Boʻlim universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish ustida faoliyat olib boradi.
Soʻnggi yillarda universitet Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan.
Faoliyati
Xalqaro Hamkorlik Boʻlimi quyidagi yo'nalishlarda ish olib boradi:
Chet el universitetlari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va mustahkamlash
Erasmus+ xalqaro dasturlar orqali talaba va professor-oʻqituvchilarning almashinuvini tashkil etish
Xorijiy professorlar va mutaxassislarni universitetga taklif qilish hamda mahalliy oʻqituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va forumlarda ishtirok etish hamda ularni universitetda tashkil qilish
Xorijiy talabalarni oʻqitish va ular uchun qulay sharoitlar yaratish
Xalqaro reytinglarda ishtirok etish va universitet obroʻyini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish
2022-2025 Yillar Natijalari
Hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi
Talabalar xorijga yuborildi va xalqaro sertifikat oldi
Hamkor OTMlar bilan vebinarlar oʻtkazildi
Professor-oʻqituvchilar malaka oshirdi
Xorijiy professorlar institutga tashrif buyurdi
Grant Loyihalari
2022-2024 yillarda 10 dan ortiq grant loyihalarida ishtirok etib 200,000 ming AQSh dollari mablag'lari qoʻlga kiritildi.
Aloqa Ma'lumotlari
Boʻlim Boshlig'i
Begmatova Nodira Numanovna