Zamonaviy va qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlangan yotoqxonalar
Talabalarimiz uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini ta'minlaymiz
Zamonaviy va qulay yotoqxonalar
Barcha imkoniyatlar bilan ta'minlangan
Bizning yotoqxonalarda yashovchi
Talabalar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga intilamiz
1 Gb/s Wi-Fi
Zamonaviy oshxona
Sport majmuasi
24/7 Issiq suv
Kir yuvish xizmati
24/7 Xavfsizlik
Joy olish uchun oddiy 4 qadamni bajaring
"www.my.gov.uz" platformasi orqali ariza topshirish
Belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirish
Mavjud boʻlgan oʻrinlarga yoʻllanma olish
Belgilangan sanada yotoqxonaga koʻchib oʻtish
Bizning yotoqxonalarimizning zamonaviy va qulay sharoitlari
Barcha talabalar uchun qulay muhitni ta'minlash maqsadida
Yotoqxonaga kirish soat 20:00 gacha. Kech qolgan talabalar uchun maxsus ruxsatnoma olish talab etiladi. Qayta-qayta qoidabuzarlik qilgan talabalar uchun intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin.
Har bir talaba oʻz xonasini toza tutishi shart. Haftada bir marta umumiy tozalik nazorati oʻtkaziladi. Tozalik qoidalarini buzgan talabalar ogohlantiriladi yoki jarimaga tortilishi mumkin.
Mehmonlar faqat 09:00 dan 20:00 gacha boʻlgan vaqt oralig'ida va avval yotoqxona ma'muriyatiga xabar berilgan holda qabul qilinadi. Har bir talaba bir vaqtning oʻzida maksimal 2 ta mehmonga ruxsat berishi mumkin.
22:00 dan 07:00 gacha boʻlgan vaqt oralig'ida baland ovozda musiqa tinglash, televizor koʻrish va shu kabi harakatlar taqiqlanadi. Boshqa talabalarga xalaqit beruvchi harakatlar qat'iyan man etiladi.
Hoziroq ariza topshiring va oʻzingiz uchun qulay yotoqxona joyini band qiling!