Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Qo‘qon davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida Qo‘qon davlat universiteti tomonidan an’anaviy “Talabalikka bag‘ishlov” bayram tadbiri keng nishonlandi. Mazkur tadbir yoshlar hayotida muhim voqea sifatida har yili o‘zgacha tantana va ko‘tarinki ruhda o‘tishi bilan ahamiyatga ega. Tadbir avvalida universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayeva sahnaga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Rektor o‘z nutqida talabalarning bilimga intilishi, yutuqlari va universitet taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, ularga muvaffaqiyat va yangi marralarni tiladi. Bayram dasturida faol, iqtidorli va tashabbuskor talabalar alohida e’tirof etildi. O‘qish, ijod, sport hamda jamoat ishlarida yuksak natijalarga erishgan talabalar sahnaga taklif etilib, ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. Bu esa yoshlarning kelgusidagi muvaffaqiyatlari uchun katta rag‘bat bo‘ldi. Tadbirning eng qiziqarli lahzalaridan biri sifatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar — Muxsinbek Moʻminov va Ilhom Ibrohimov, shuningdek, sevimli so‘z ustasi Elmurod Xaqnazarovning ishtiroki tomoshabinlarga unutilmas daqiqalar hadya etdi. Ularning kuy-qo‘shiqlari, hazil-mutoyibalari va jonli chiqishlari bayramga yanada fayz va zavq bag‘ishladi. Shukuhli tarzda o‘tgan “Talabalikka bag‘ishlov” bayrami talabalar qalbida yorqin taassurotlar qoldirib, Xalqaro talabalar kunining haqiqiy bayramona ruhda nishonlanishiga xizmat qildi.
Qo;qon musiqali drama teatri
Universitet ishchi guruhi ijara xonadonlarini o‘rganmoqda
Calendar icon

Universitet ishchi guruhi ijara xonadonlarini o‘rganmoqda

Qo‘qon davlat universitetida talabalarning ijtimoiy hayoti va yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlariga navbatdagi monitoring tashrifi amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida ishchi guruh a’zolari yashash uchun zarur qulayliklar — xona harorati, isitish tizimi, tozalik, suv ta’minoti hamda ularning soz holatda ekanini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, xavfsizlik talablari va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilinishi ham alohida ko‘rib chiqildi. Jarayonga birinchi prorektor Ahmadjon Xusanov boshchilik qildi. U o‘rganish jarayonida talabalar bilan suhbatlashib, ularning kundalik ehtiyojlari, muammolari hamda takliflarini eshitdi. Talabalar tomonidan ko‘tarilgan ayrim masalalar joyida hal etilib, ijara xonadonlarida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Ijara xonadonlar
Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va OITSga qarshi kurash mavzularida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Calendar icon

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va OITSga qarshi kurash mavzularida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida talabalarga raqamli makonda xavfsiz muhitni yaratish, internetda zo‘ravonlikning oldini olish va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi. Shuningdek, 1-dekabr — «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» munosabati bilan davra suhbati o‘tkazilib, unda tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan OITS kasalligining oldini olish, profilaktika choralarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy mas’uliyat, internet etikasi, shuningdek, raqamli texnologiyalardan ongli va xavfsiz foydalanishning muhim jihatlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Konstitutsiya — baxtimiz qomusi
Calendar icon

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi

Qo‘qon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ochib berdi. U o‘z nutqida Konstitutsiyamizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati, shuningdek, yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalar so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi muhim jihatlar haqida fikr bildirdilar. Tadbirning badiiy qismi esa ko‘tarinki ruhda davom etdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Ijodiy chiqishlar Konstitutsiyaning ma’naviy ahamiyatini yanada chuqurroq his etishga xizmat qildi. Tadbir yakunida faol talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.
“Yil sarhisobi” — Quvonch, Ijod va Yangi Orzular Bayrami
Calendar icon

“Yil sarhisobi” — Quvonch, Ijod va Yangi Orzular Bayrami

Qo‘qon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya fakultetida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yil sarhisobi” nomli Yangi yil bayram tadbiri bu yil ham ko‘tarinki kayfiyatda, samimiy muhitda va bayramona shukuhda nishonlandi. “Turon” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir talaba-yoshlarning ijodiy salohiyati, faolligi va jamoaviy birdamligini yana bir bor namoyon etdi. Bayram dasturida talabalar tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna chiqishlari, quvnoq va ta’sirchan teatr ko‘rinishlari, jozibali kuy-qo‘shiqlar, nafis raqslar hamda badiiy va she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi. Har bir chiqish o‘zida yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yorqin xotiralarni mujassam etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida o‘qish, ilm-fan va jamoat ishlarida faol bo‘lgan talabalar alohida e’tirof etildi. Ularning mehnati va sa’y-harakatlari munosib taqdirlanib, bu kabi e’tirof yoshlarni yanada faol bo‘lishga, yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirdi. “Yil sarhisobi” bayram tadbiri nafaqat o‘tgan yilga yakun yasash, balki Yangi yilni ezgu niyatlar, katta reja va orzular bilan qarshi olishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari uchun bu kecha quvonch, kulgu va yorqin lahzalar bilan yodda qoldi.
Turon madaniyat saroyi

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.