Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Calendar icon

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Katta turk” mahalla fuqarolar yig‘inida “Bir Vatan – bir maqsad” shiori ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘tkazilib, unda Qo‘qon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, universitet professor-o‘qituvchilari, faol talabalar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi. Tadbir davomida sport musobaqalari, she’rxonlik kechasi, viktorina va interaktiv muloqotlar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar aholi qalbida vatanparvarlik, birlik va ijtimoiy faollik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Dangʼara tumani
“Qalam va qalb” nomli adabiy-badiiy asarlar tanlovi tashkil etildi
Calendar icon

“Qalam va qalb” nomli adabiy-badiiy asarlar tanlovi tashkil etildi

Pedagogika fakultetining faol talaba-yoshlari o‘rtasida "Dolzarb 90 kunlik" doirasida “Qalam va qalb” nomli adabiy-badiiy asarlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda fakultetning 50 nafardan ortiq iqtidorli talabasi ishtirok etdi. Tanlovda talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali hayotga, kitobga, insoniylik va yurtga bo‘lgan munosabatlarini yoritib berdilar.
Qoʼqon davlat universiteti
“Rektor kubogi” doirasida stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi
Calendar icon

“Rektor kubogi” doirasida stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universitetida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur sport musobaqasida Qo‘qon shahrining 68 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan saralab olingan 230 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Yakuniy natijalarga koʻra: Oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrin: M. Abdurahmonov (8-MFY); 2-oʻrin: T. Rafiqov (6-MFY); 3-oʻrin: B. Boymurodov (34-MFY). Qizlar oʻrtasida 1-oʻrin: M. Neʼmatova (18-MFY); 2-oʻrin: M. Namozova (39-MFY); 3-oʻrin: S. Muhammedova (27-MFY). G‘olib va sovrindorlar Qo‘qon davlat universiteti tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qoʼqon davlat universiteti
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir
Calendar icon

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir Qo‘qon davlat universitetining Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yoshlar — qadriyat posbonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Unda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish masalalari asosiy mavzu boʻldi.
Qoʼqon davlat universiteti
Yoshlar o‘rtasida raqs va virtual futbol musobaqalari oʻtkazildi
Calendar icon

Yoshlar o‘rtasida raqs va virtual futbol musobaqalari oʻtkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Sport klubi va Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan Qo‘qon shahridagi mahalla yoshlari hamda universitet talabalari o‘rtasida kibersportning “FIFA 2025” va “Just Dance” yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qoʼqon davlat universiteti
Munozarada ustunlik – “Kreativ” jamoasida
Calendar icon

Munozarada ustunlik – “Kreativ” jamoasida

Qo‘qon davlat universitetida yoshlarning tafakkur salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan Munozara tanlovida “Kreativ” va “To‘maris” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuv davomida jamoalar “Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida dolzarb mavzular yuzasidan bahsga kirishib, o‘z fikr-mulohazalarini asosli dalillar, lo‘nda tahlillar va dadil savollar bilan bayon etdilar. Tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan baholangan bellashuvda har ikki jamoaning bilim darajasi, nutq madaniyati va bahs yuritish ko‘nikmalari yuksak bahoga loyiq deb topildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida “Kreativ” jamoasi kichik ustunlik bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, bunday musobaqalar talabalarda nafaqat analitik fikrlash, balki jamoada ishlash, tinglash, qarshi fikrni to‘g‘ri qabul qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Eng asosiysi esa – bu kabi tadbirlar ertangi kun liderlarini tarbiyalaydi.
Qoʼqon davlat universiteti

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.