Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

Qoʻqon DU vakillari Jizzaxdagi anjumanda
Calendar icon

Qoʻqon DU vakillari Jizzaxdagi anjumanda

Jizzax DPUda buyuk alloma Mirzo Ulugʻbek tavalludining 631 yilligi va 12-aprel — Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan “Mirzo Ulugʻbek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va taʼlimi ravnaqidagi roli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda Qoʻqon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakultetidan katta oʻqituvchi Ra’no Ibragimova, magistrant Azamjon Ergashev, talabalar Umarjon Abdulhamidov va Xursanoy Muhammajonova faol ishtirok etishdi. Tadbirda yurtimizning turli hududlari hamda xorijdan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Neptun orti obyektlari, Maydanak observatoriyasi, Qora tuynuklar, yulduzlar evolyutsiyasi, astronomik tasvirlar va boshqa qiziqarli ilmiy mavzular bo‘yicha dolzarb ma’ruzalar tinglandi. Anjuman yakunida Kosmonavtika kuniga bag‘ishlab ramziy raketa uchirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu esa yoshlarda ilm-fanga, ayniqsa astronomiyaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.
Jizzax DPUda
Qoʻqon davlat universiteti talaba-qizlari milliy liboslarda
Calendar icon

Qoʻqon davlat universiteti talaba-qizlari milliy liboslarda

Qoʻqon davlat universiteti talaba-qizlari oʻzlarining milliy kiyimlarini namoyish etib, milliy madaniyatni, anʼanalarni va qadriyatlarni hurmat qilish va saqlash borasidagi oʻzlarini masʼuliyatli his qilishlarini namoyish etmoqdalar. Oʻziga xos va goʻzal milliy liboslar, ularning dizayni anʼanalarni qadrlash va oʻz madaniyatimizga nisbatan hurmatni oshirishga xizmat qilmoqda.Talaba-qizlarimiz milliy liboslarni kiyib, uni nafaqat estetik jihatdan, balki maʼnaviy va madaniy jihatdan ham qadrlashlarini koʻrsatmoqdalar.
Qoʻqon davlat universiteti
Oliy taʼlim yarmarkasi: Qoʻqon DU bitiruvchilarga yoʻl ko‘rsatmoqda
Calendar icon

Oliy taʼlim yarmarkasi: Qoʻqon DU bitiruvchilarga yoʻl ko‘rsatmoqda

Bugun Fargʻona shahrida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb qilish maqsadida “Oliy ta’lim yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Qoʻqon davlat universiteti ham faol ishtirok etib, maktab bitiruvchilariga ta’lim muassasasining tarixi, imkoniyatlari, fakultet va yo‘nalishlari, xorijiy hamkorlar bilan loyihalari va talabalar hayoti haqida ma’lumotlar taqdim etdi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob olishdi.
Fargʻona shahrida
“Dekan kubogi” – talabalar voleybolda kuch sinashdi
Calendar icon

“Dekan kubogi” – talabalar voleybolda kuch sinashdi

Qoʻqon davlat universitetida talabalar oʻrtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash va fakultetlararo hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida turli sport musobaqalari oʻktazilmoqda. Bugun Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar hamda Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetlari talabalari oʻrtasida voleybol boʻyicha "Dekan kubogi" bahslari yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqa davomida sportsevar talabalarning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy o‘yin madaniyati va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi maydonda yorqin namoyon bo‘ldi. Yakuniy natijalar quyidagicha: 1-o‘rin — Legion jamoasi 2-o‘rin — Biologlar jamoasi 3-o‘rin — Everest jamoasi Musobaqa talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sport orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutdi.
Qoʻqon davlat universiteti
Voleybol bo‘yicha “Qo‘qon DU” jamoasi O‘zbekiston chempionatidagi debyutini yakunladi
Calendar icon

Voleybol bo‘yicha “Qo‘qon DU” jamoasi O‘zbekiston chempionatidagi debyutini yakunladi

Urganch shahrida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Oliy liga ikkinchi tur bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. 14 ta jamoa ishtirokida o‘tgan murosasiz bahslarda sportchilarning ko‘p yillik tajribasi va mahorati sinovdan o‘tdi. Chempionatda ilk marta ishtirok etgan “Qo‘qon DU” jamoasi 7 ta uchrashuv o‘tkazdi. Jamoa shundan ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, bu debyutant jamoa uchun yaxshi natija hisoblanadi. “Qo‘qon DU” jamoasi voleybolchi qizlari har bir o‘yinda kerakli tajribaga ega bo‘ldilar. Ayni paytda jamoa Qo‘qonga qaytmoqda. “Qo‘qon DU” jamoasi kelgusidagi musobaqalarda yanada kuchli natijalarga erishishga intiladi.
Urganch shahri
Qo‘qon davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbir universitetda yoshlar ongida sog‘lom fikrni shakllantirish, ma’naviy immunitetni mustahkamlash va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy kurashish bo‘yicha tizimli ishlarning uzviy davomi sifatida tashkil etildi. Tadbirda oliygoh rahbariyati, Qo‘qon shahar hokimligi vakillari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga ma’rifatning jaholat ustidan ustuvorligi, bilim va tafakkurning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, dunyoning mafkuraviy manzarasi kun sayin o‘zgarib, tinchlik-totuvlikka tahdidlar tobora kuchayayotgani haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan koʻplab savollariga javob oldilar.
Qoʼqon davlat universiteti

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.