Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumotlar.

“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
Calendar icon

“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘lganligi munosabati bilan Qo‘qon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol bahslari voleybolning haqiqiy jozibasini namoyon etdi. Murasasiz o‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan bor ishtiyoqini koʻrsatdilar. Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, kasaba uyushmasi raisi Ahadjon Rahmatullayev va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida barcha faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy taassurotlar bilan yakunlandi.
Qoʼqon davlat universiteti
Talabalar bilimini amaliyotda mustahkamlashmoqda
Calendar icon

Talabalar bilimini amaliyotda mustahkamlashmoqda

Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi faoliyat doirasida fakultet talabalari kimyo laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarga jalb etilib, nazariy bilimlarini tajribalar asosida mustahkamlashmoqda. Ushbu tashabbus talabalarda ilmiy qiziqishni oshirish, o‘rganganlarini real sharoitda sinab ko‘rish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi samarali platformaga aylanmoqda.
Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetida
Talabalar "Yosh ixtirochilar" to‘garagida qattiq jismlarning xossalari tahlili ustida faoliyat olib borishmoqda
Calendar icon

Talabalar "Yosh ixtirochilar" to‘garagida qattiq jismlarning xossalari tahlili ustida faoliyat olib borishmoqda

Qo‘qon davlat universiteti Fizika-astronomiya kafedrasi qoshida faoliyat olib borayotgan “Yosh ixtirochilar” to‘garagi yozgi ta’til davrida ham o‘z ish faoliyatini izchil davom ettirmoqda. To‘garak rahbari M.Qo‘chqorov,  tyutor A.Boynazarov hamda to‘garak a’zosi bo‘lgan iqtidorli talabalar ushbu davrni mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida qattiq jismlarning xossalarini tahlil qilish orqali mahalliy va xorijiy jurnallarda maqola chop etish uchun hisob-kitob natijalarini olmoqdalar. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ilmiy natijalarini ilmiy va metodik jurnallarda chop etish va keyingi faoliyatida tatbiq etishda o‘z aksini topadi.
Qoʼqon davlat universiteti
Talabalar “Dolzarb 90 kun” gala-konsertlarida faol ishtirok etmoqda
Calendar icon

Talabalar “Dolzarb 90 kun” gala-konsertlarida faol ishtirok etmoqda

“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish maqsadida joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Qo‘qon davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi hamda Sanʼatshunoslik va sport fakulteti talabalari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan gala-konsertlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” istirohat bog‘i hamda Buvayda tumanidagi sayilgohda bo‘lib o‘tgan navbatdagi konsert tadbirlarida universitet yoshlari sahna chiqishlari, ijodiy loyihalari va badiiy ko‘rinishlari bilan ishtirok etdi. Ular tomonidan taqdim etilgan chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi va konsert dasturining ko‘tarinki ruhda o‘tishiga munosib hissa bo‘lib xizmat qildi.
Yoshlar bogʼi
Talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bilan yaqindan tanishdilar
Calendar icon

Talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bilan yaqindan tanishdilar

Qoʻqon davlat universitetining bir guruh iqtidorli talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan safar doirasida qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohat qildilar. Safarning ilk kunida talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurib, majmuadagi qadimiylik va zamonaviylik uygʻunligidan bahramand boʻlishdi. Ushbu maskan oʻzida milliy hunarmandchilik sanʼatining turli yoʻnalishlarini mujassam etgan. Sayohat doirasida talabalar uchun maxsus madaniy-koʻngilochar dastur ham tashkil etildi.
Samarqand shahri
Qo‘qon davlat universiteti delegatsiyasi Praga shahridagi Pedagogika muzeyida bo‘ldi
Calendar icon

Qo‘qon davlat universiteti delegatsiyasi Praga shahridagi Pedagogika muzeyida bo‘ldi

Hozirda Chexiya safarida bo‘lib turgan Qo‘qon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva boshchiligidagi delegatsiya Praga shahrida joylashgan dunyoga mashhur Yan Amos Kamenskiy nomidagi Pedagogika muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida delegatsiya muzey ma’muriyati tomonidan iliq kutib olindi. Muzey faoliyati, tarixi va undagi eksponatlar bilan yaqindan tanishilgan uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashildi. Universitet rektori Dilnoza Xodjayeva faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining tilaklarini yozib qoldirdi. Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlikda ishlash, xususan, Qo‘qon davlat universiteti qoshida "Milliy ta’lim muzeyi"ni tashkil etish bo‘yicha fikr almashishdi. Ushbu tashabbus ikki tomonlama ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, tarixiy-ma’naviy merosni keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi kutilmoqda. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, 1892-yilda asos solingan mazkur muzey IX asrdan to hozirgi kungacha ta’lim sohasida yuz bergan eng muhim tarixiy bosqichlar va jarayonlar haqida boy materiallarga ega. Muzey eksponatlari jahon ta’lim tizimining shakllanishi va taraqqiyotiga oid noyob manbalarni o‘z ichiga oladi. Qo‘qon davlat universiteti delegatsiyasining Chexiyadagi ushbu tashrifi xalqaro ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lmoqda.
Praga shahri

Madaniy-ma'rifiy faoliyatimiz

Universitetimizda har yili 50 dan ortiq turli madaniy, ma'rifiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga muhabbat uyg'otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.