Fakultet haqida
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti uchun zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni taklif etadi.
Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Fakultet missiyasi
Talabalarga zamonaviy ijtimoiy bilimlarni berish va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlash.
Statistika
- 1200+ talaba
- Kunduzgi ta’lim: 800+
- Sirtqi ta’lim: 400+
- 45 professor-o‘qituvchi
- Ilmiy salohiyat: 51%
Fakultet binosi
Zamonaviy va qulay o‘quv binosi
Fakultet rahbariyati
Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna
2025 yil 2 apreldan Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Dilnoza Mirxojidinovna 1980 yil 22 dekabrda Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatini, 2006 yilda esa magistraturasini tamomlagan. U o‘zbek tili mutaxassisi, filologiya fanlari doktori va professor. Rus va ingliz tillarini bilib, pedagogika sohasida katta tajribaga ega. Mehnat faoliyati: 1998–2002 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabaci 2003–2004 yy. — Farg‘ona shahri 1-sonli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi 2004–2006 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistranti 2007–2009 yy. — Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti 2009–2010 yy. — Qo‘qon davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi 2010–2012 yy. — kafedra katta o‘qituvchisi 2012–2013 yy. — kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi 2013–2017 yy. — kafedra mudiri 2017–2020 yy. — kafedra dotsenti (o‘rindoshlik asosida) 2020–2021 yy. — kafedra dotsenti 2021–2024 yy. — Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani 2024–2025 yy. — O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti dekani 2025 y.dan h.v. — QDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Uning bilim va tajribasi fakultet faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tursunov Mirkomil Turdalievich
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Fakultet tarixi
2025-yil – Yangi bosqich
Fakultetda yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi va ilmiy salohiyat oshdi.
Talabalar soni va professor-o‘qituvchilar tarkibi kengaydi.
Ustoz-shogird tizimi
Talabalar va ustozlar o‘rtasida mentorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bu tizim talabalarning ilmiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fakultet kafedralari
Tarix kafedrasi
Jahon va O‘zbekiston tarixini ilmiy asosda tadqiq etish, tarixiy merosni chuqur o‘rganishga qaratilgan kafedra.
O'zbek tili va adabiyot kafedrasi
O‘zbek tilining nazariyasi, adabiyot tarixi va badiiy merosni chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan kafedra.
Rus tili va adabiyot kafedrasi
Rus tili grammatikasi, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Milliy g'oya va huquq kafedrasi
Milliy mafkura, huquqiy bilim va fuqarolik jamiyati tamoyillarini o‘rgatuvchi ilmiy maskan.
Falsafa va dinshunoslik kafedrasi
Falsafiy tafakkur, dinshunoslik va ma’naviyat asoslarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan kafedra.
Fakultet professor-oʻqituvchilari
Professor-o'qituvchilar topilmadi
Hozircha professor-o'qituvchilar haqida ma'lumot yo'q.