Kafedra haqida
Falsafa va dinshunoslik kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Falsafa va dinshunoslik kafedrasi missiyasi — falsafa va dinshunoslik sohasida chuqur nazariy bilim, mustaqil fikrlash va zamonaviy ilmiy dunyoqarashga ega, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarda tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy-pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Fakultet
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra mudiri
Shamsiddinov Burxonjon Jakbarovich
Kafedra mudiri
Shamsiddinov Burxonjon Jakbarovich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Shamsiddinov Burhonjon Jakbarovich 1969-yil 21-yanvarda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlib, 1995-yilda Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetini kunduzgi taʼlim shaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — falsafa fani oʻqituvchisi. Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Ilmiy unvoni — v.b. dotsent. Rus tilini biladi. Harbiy unvonga ega emas.
Mehnat faoliyatini 1987-yilda Dangʻara tumani Sirdaryo sovxozida ishchi sifatida boshlagan. 1987–1989-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1989–1990-yillarda Toshkent shahridagi “Elbor” ishlab chiqarish korxonasida ishchi boʻlib ishlagan. 1990–1995-yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan.
1995–1997-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti falsafa kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. 1998–2002-yillarda Toshkent kooperativ texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2002–2007-yillarda Dangʻara tumanidagi 8-maktabda oʻqituvchilik faoliyatini olib borgan.
2007–2012-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlagan. 2012–2015-yillarda institutning Ijtimoiy fanlar kafedrasida oʻqituvchi, 2015–2021-yillarda esa katta oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtgacha Qoʻqon davlat pedagogika instituti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2024-yildan Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tarixi
Falsafa va dinshunoslik kafedrasi 2025-yil avgust oyida Gumanitar fanlar va tillar fakulteti tarkibida tashkil etildi. Bugungi kunda kafedrada 60220500 — Falsafa ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamda universitetning barcha bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun zamonaviy ilm-fan asoslari o‘qitilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalarida ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
Kafedra missiyasi
Falsafa va dinshunoslik kafedrasi missiyasi — falsafa va dinshunoslik sohasida chuqur nazariy bilim, mustaqil fikrlash va zamonaviy ilmiy dunyoqarashga ega, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarda tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy-pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Kafedrada xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2025-yilda kafedra a’zolari Qozog‘iston Respublikasidagi A. Quatbekov nomidagi Qozog‘iston xalqlar do‘stligi universitetida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordilar.
2026-o‘quv yilining bahorgi semestrida falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Qozog‘istonning Ablayxon nomidagi Qozoq xalqaro aloqalar va jahon tillari universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Xayrullayeva Venera Xibaydullayevna tomonidan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Talabalarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari yaratilib, nashr etilmoqda. Xususan, 2025-yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirildi. Shuningdek, ilmiy monografiyalar chop etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangi O‘zbekiston va uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayonida ilm ahli, ziyolilar hamda yosh avlod zimmasiga katta mas’uliyat yuklanmoqda. Shu bois, kafedra jamoasi ushbu mas’uliyatni chuqur anglagan holda faoliyat yuritishni o‘zining eng ustuvor vazifalaridan biri deb biladi.
Bugungi kunda kafedrada jami 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 13 nafari asosiy shtatda, 3 nafari ichki o‘rindoshlik asosida ishlamoqda. Ularning 1 nafari fan doktori (DSc), 1 nafari fan nomzodi hamda 7 nafari falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.
Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 60 foizni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Bu esa ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.