Kafedra haqida
Rus tili va adabiyoti kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi missiyasi — rus tili va adabiyoti sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega, yuqori malakali, zamonaviy pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarda til va adabiyotga doir ilmiy tafakkurni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashni maqsad qiladi.
Fakultet
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra mudiri
Rasulova Matluba Hamzayevna
Kafedra mudiri
Rasulova Matluba Hamzayevna
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Rasulova Matluba Hamzaevna 2024-yil 1-iyuldan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 1962-yil 17-avgustda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. Oliy ma’lumotli bo‘lib, 1984-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus tilini mukammal biladi. Davlat va idoraviy mukofotlarga ega emas, shuningdek, saylanadigan organlar a’zosi bo‘lmagan.
Mehnat faoliyatini 1979–1984-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boshlagan. 1984–1985-yillarda rus va chet el adabiyoti kafedrasi katta laboranti, 1985–1989-yillarda aspirant, 1989–1998-yillarda o‘qituvchi, 1998–2001-yillarda katta o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2001–2002-yillarda kafedra mudiri, 2002–2005-yillarda Xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
2005–2006-yillarda rus filologiyasi kafedrasi mudiri v.v.b., 2006–2016-yillarda Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017–2018-yillarda Ilmiy kengash kotibi, 2018–2020-yillarda Xorijiy tillar fakulteti dekani v.v.b., 2020-yilda dekani, 2020–2024-yillarda Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.
2024–2025-yillarda Rus tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi mudiri, 2025-yildan hozirgi kungacha esa Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.v.b. lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra tarixi
Rus tili va adabiyoti kafedrasi universitetning eng dastlabki fakultetlaridan biri bo‘lgan Rus tili va adabiyoti fakultetining bevosita davomchisi hisoblanadi. Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti tashkil etilgan dastlabki davrlardanoq rus tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Fakultet tarkibida rus tilshunosligi, rus va chet el adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi hamda propedevtika kafedralari faoliyat yuritgan.
1998-yildan boshlab fakultet Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida xorijiy til va adabiyot ta’lim yo‘nalishi bilan birgalikda faoliyat olib borgan. 2005-yilda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bilan birlashtirilib, Filologiya fakulteti tashkil etilgan. 2015–2020-yillar davomida Chet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2020-yil avgust oyidan boshlab alohida Rus tili va adabiyoti fakulteti sifatida qayta shakllantirilgan.
2024-yil iyul oyida optimallashtirish jarayoni natijasida Rus tili va adabiyoti fakulteti O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti tarkibida mutaxassis chiqaruvchi Rus tili va adabiyoti nazariyasi hamda Rus tili va adabiyoti metodikasi kafedralari sifatida faoliyatini davom ettirdi. 2025-yil aprel oyidan boshlab esa Rus tili va adabiyoti kafedrasi Filologiya fakulteti tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Kafedra missiyasi
Rus tili va adabiyoti kafedrasi missiyasi — rus tili va adabiyoti sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega, yuqori malakali, zamonaviy pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarda til va adabiyotga doir ilmiy tafakkurni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashni maqsad qiladi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Kafedraning yosh o‘qituvchilari N. Kahhorova, T. Ayupov, M. Sheraliyeva, X. Ziyayeva, S. Yo‘ldoshova va K. Solijonova hamda iqtidorli talabalari ilmiy izlanishlarga faol jalb etilgan. Bir qator yosh pedagog-xodimlar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari S. A. Alimsaidova pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini, N. A. Qodirova Rossiya Federatsiyasida nomzodlik dissertatsiyasini, D. X. Zokirova esa Andijon davlat universitetida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shuningdek, A. K. Rashidov, M. A. Jo‘rayeva, Ye. I. Popova, Z. I. Mirzayunusova va F. B. Ibragimovlar dotsentlik ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
So‘nggi yillarda kafedra tomonidan 3 ta monografiya, 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar chop etildi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga 30 dan ortiq sertifikatlar olingan. O‘qituvchi va talabalar 10 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ishtirok etgan, jumladan, Vyetnamning Xanoy shahrida o‘tkazilgan “Osiyoning rus olami” xalqaro konferensiyasi hamda Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar III qurultoyida qatnashganlar.
Ta’lim yo‘nalishi talabalari orasida Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari soni ortib bormoqda. Jumladan, Kulagina Yelena va Ikromova Nozanin ushbu stipendiyaga sazovor bo‘lgan. Bu natijalar ta’lim sifati va talabalar salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatadi.
Iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib, davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilmoqda. 2024-yilda 10 nafardan ortiq talaba turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Jumladan, Bahromova Dilso‘z Zulfiya nomidagi tanlovning shahar bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi; Abubakirova Sevara “Yil talabasi – 2024” tanlovida 1-o‘rin, Akbarov Samandar INNOWEEK g‘olibi, Toshpo‘latova Shahribonu esa “Yil talabasi – 2024” tanlovida 2-o‘rinni egallagan.
O‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Qo‘qon shahridagi 1-, 16-, 20-, 41-sonli hamda tumanlardagi 8 ta maktab bilan hamkorlik o‘rnatilgan. 4+2 tizimi asosidagi pedagogik amaliyotlar va laboratoriya mashg‘ulotlari ushbu bazalarda tashkil etiladi.
2019–2020-yillardan boshlab Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti va Boshqirdiston davlat universiteti, 2021-yildan esa Qozon federal universiteti hamda Belarusiyaning Grodno davlat universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma dastur asosidagi “Rus tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa yuqori malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kafedra jamoasi oldida katta vazifalar turibdi. Barcha professor-o‘qituvchilar mas’uliyatni chuqur his etgan holda faoliyat yuritmoqda. Asosiy maqsad — talabalarga sifatli ta’lim berish va zamonaviy talablar darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashdir.