Kafedra haqida
Tarix kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Tarix kafedrasining missiyasi — talabalarda tarixiy tafakkur, milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, tarix fanining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rgatish, shuningdek, milliy va jahon tarixini xolis va ilmiy asosda tadqiq etadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda tarixiy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish orqali jamiyatda tarixiy ong va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgilaydi.
Fakultet
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra mudiri
Karimov Qahramon Sodiqovich
Kafedra mudiri
Karimov Qahramon Sodiqovich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Karimov Kaxramon Sadikovich 1988-yil 26-fevralda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, partiyaviyligi — yo‘q. Oliy ma’lumotli bo‘lib, 2010-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — tarix o‘qituvchisi. 2022-yilda PhD ilmiy darajasini olgan, 2024-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. Rus va turk tillarini biladi. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar a’zosi emas.
Mehnat faoliyatini 2006-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutida talabalikdan boshlagan. 2010–2011-yillarda Qo‘qon shahar 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2011–2013-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistranti bo‘lgan. 2011–2015-yillarda Dang‘ara tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi, shu bilan birga Qo‘qon davlat pedagogika institutining Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi metodisti sifatida faoliyat yuritgan. 2017–2022-yillarda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2022–2023-yillarda Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari bo‘lgan. 2023–2025-yillarda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. 2025-yil 21-avgustdan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti Tarix kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tarixi
Tarix kafedrasi o‘zining boy an’analari va ko‘p yillik tajribasiga ega bo‘lgan yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Uning shakllanishi va rivojlanish tarixi institut tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston SSR hukumati qaroriga muvofiq, 1931-yilda Qo‘qon kechki pedagogika oliy bilimgohi tashkil etilgan. Mazkur ta’lim muassasasi tarkibida 1935-yilda tarix bo‘limi faoliyat boshlagan bo‘lib, keyinchalik u tarix mutaxassisligi yo‘nalishiga aylantirilgan.
1990-yilda “Umumiy tarix” kafedrasi tashkil etildi. 1993-yilda esa “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. 1994-yilda har ikki kafedra birlashtirilib, yana “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi. 2013–2018-yillar davomida kafedra “Tarix o‘qitish metodikasi” nomi ostida faoliyat olib bordi. 2018-yildan boshlab esa “Tarix” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga turli yillarda ko‘plab tajribali va malakali mutaxassislar rahbarlik qilgan.
Kafedra missiyasi
Tarix kafedrasining missiyasi — talabalarda tarixiy tafakkur, milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, tarix fanining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rgatish, shuningdek, milliy va jahon tarixini xolis va ilmiy asosda tadqiq etadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda tarixiy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish orqali jamiyatda tarixiy ong va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgilaydi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Bugungi kunda kafedrada 60111100 — Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalariga zamonaviy ilm-fan asoslari o‘qitilmoqda. Kafedrada 18 nafar fan nomzodi va PhD ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Talabalar uchun ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy texnikaning eng so‘nggi yutuqlari bilan jihozlangan o‘quv xonalarida olib borilmoqda.
Mazkur ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bugungi kunda jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Ular orasida Vatan himoyachilari ham borligi alohida faxr uyg‘otadi. Bitiruvchilardan 30 nafardan ortig‘i fan doktori va PhD ilmiy darajalariga ega bo‘lib, respublikaning turli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritmoqda. Ayrim bitiruvchilar esa xorijning nufuzli ilmiy va xalqaro tashkilotlarida samarali mehnat qilmoqdalar.
Tarix kafedrasida iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘ndan ortiq talabalar davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan, yigirmadan ortiq talabalar esa rivojlangan xorijiy davlatlarda tahsil olib, o‘z bilimlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. Ular bilan doimiy muloqot va ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va bu yo‘nalish izchil rivojlantirilmoqda. Xususan, 2023-yilda kafedra a’zolari Qozog‘iston Respublikasidagi Abay universitetida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borib, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universiteti bilan talabalar almashinuv dasturi amalga oshirildi. Jalolobod shahridagi xalqaro universitetda Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada tarixchi talabalar faol ishtirok etdilar. Talabalar xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida muntazam qatnashib, turli tanlov va sport musobaqalarida ham yuqori natijalarga erishmoqdalar.
O‘tgan o‘quv yilida yo‘nalish talabalari uchun Rossiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston olimlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Kafedra a’zolari ham xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etmoqda.
Talabalarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Xususan, 2023-yilda bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. Ilmiy monografiyalar nashriga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2024–2025 o‘quv yilidan boshlab 70220303 — Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi tashkil etildi.