Milliy g’oya va huquq kafedrasi

Kafedra haqida

Milliy g’oya va huquq kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Milliy g‘oya va huquq kafedrasining missiyasi — milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga sodiq, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak, demokratik jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va huquqiy tafakkurni shakllantirishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi.

Fakultet

Gumanitar fanlar va tillar fakulteti

Kafedra mudiri

Oripov Elyorjon Shavkatovich

Kafedra tarixi

Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar fakulteti huzuridagi Milliy g‘oya va huquq kafedrasi 2002-o‘quv yilining sentabr oyida Falsafa kafedrasidan mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. Mazkur o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarga ixtisoslashishiga imkon yaratib, milliy g‘oya va huquq fanining alohida ta’lim sohasi sifatida rivojlanishiga xizmat qildi.


2002–2012-yillar davomida kafedra “Milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” nomi ostida faoliyat yuritdi. Bu davrda kafedrada milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq fanlarini chuqur o‘qitish hamda shu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot ishlari milliy g‘oya hamda huquqiy bilimlarning uzviy bog‘liqligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirildi.


2012–2023-yillar davomida kafedra “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” nomi bilan faoliyat olib bordi. Ushbu davrda milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish metodikalarini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali malakali pedagoglarni tayyorlashga ustuvor ahamiyat berildi. Shu bilan birga, kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham milliy g‘oya va huquq ta’limi metodikasini chuqur o‘rganish hamda yangilashga katta e’tibor qaratildi.


2023–2024-o‘quv yilida “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi ikki mustaqil yo‘nalishga — “Huquq ta’limi” hamda “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedralariga ajratildi. 2024–2025-o‘quv yilining aprel oyidan boshlab esa ular “Milliy g‘oya va huquq” kafedrasi nomi ostida qayta birlashtirildi va bugungi kunda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.


Hozirgi bosqichda kafedra milliy g‘oya va huquq sohasidagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy talablar asosida yanada rivojlantirish, huquqiy va ma’naviy sohalarda yetuk mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.


Qo‘qon davlat universiteti Milliy g‘oya va huquq kafedrasi tashkil etilganidan buyon uning faoliyatiga ko‘plab tajribali olim va pedagoglar rahbarlik qilib kelmoqda. Ularning samarali faoliyati kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


2002–2006-yillarda kafedraga falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.M. Aminova rahbarlik qilgan. Uning boshqaruvi davrida kafedraning tashkiliy faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ta’lim jarayonini shakllantirish ishlari amalga oshirildi.


2006–2007-yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z. Boytemirova kafedra mudiri sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirdi.

2007–2012-yillarda yana M.M. Aminova rahbarligida kafedra faoliyati takomillashtirilib, o‘quv-uslubiy ishlar samaradorligi oshirildi.


2012–2017-yillarda dotsent Z. Boytemirova ilmiy tadqiqotlar va pedagogik faoliyatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi.


2017–2019-yillarda M.M. Aminova rahbarligi ostida milliy g‘oya va huquqiy bilimlar yo‘nalishidagi ta’lim sifatini rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi.


2019–2020-yillarda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G. Rahimova rahbarlik qilgan davrda ta’lim jarayoniga yangi metodologik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar joriy etildi.


2020–2024-yillarda dotsent Z. Boytemirova kafedra mudiri sifatida ilmiy va pedagogik faoliyatni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.


2024-yil avgust oyidan boshlab falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) E. Oripov kafedra mudiri etib tayinlandi va hozirgi kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritmoqda.


Uning rahbarligida kafedra zamonaviy ilmiy va ta’lim standartlari asosida rivojlanib, huquqiy, milliy va falsafiy yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlar hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan faoliyatni izchil davom ettirmoqda.

Kafedra missiyasi

Milliy g‘oya va huquq kafedrasining missiyasi — milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga sodiq, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak, demokratik jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va huquqiy tafakkurni shakllantirishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi.

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Milliy g‘oya va huquq kafedrasi “Globallashuv davri yoshlar tarbiyasining g‘oyaviy-axloqiy va huquqiy muammolari” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlarni faol olib bormoqda. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi milliy g‘oya va huquq sohasidagi dolzarb muammolarni chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, huquqiy tizimning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qiladi. Shu asosda har yili respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etib kelinmoqda.


Ilmiy tadqiqotlar jarayonida zamonaviy monitoring usullari va statistik tahlil metodlaridan keng foydalanilib, globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasining g‘oyaviy-axloqiy va huquqiy muammolari doimiy ravishda o‘rganilib borilmoqda. Bu esa mafkuraviy xavfsizlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti va O‘sh davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.


Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muntazam stajirovkalardan o‘tib kelmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, zamonaviy ilmiy va pedagogik tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlik kafedraning global ilmiy maydondagi faolligini oshirib, ta’lim jarayonini zamonaviy standartlar asosida takomillashtirishga imkon bermoqda.


Kafedrada jami 19 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 14 nafari asosiy shtatda, 5 nafari ichki o‘rindoshlik asosida ishlaydi. Ularning 1 nafari fan doktori (DSc), 2 nafari fan nomzodi, 8 nafari falsafa doktori (PhD) hisoblanadi. Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 60 foizni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yil sayin ortib bormoqda. Bu esa ta’lim sifati hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.