Universitet hayotidagi muhim huquqiy va normativ hujjatlar to'plami
Pedagog xodimlarining mehnat ta'tilini uzaytirish me'yorlari va shartlari belgilangan, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Oliy ta'lim muassasalarida nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtiruvchi dual ta'lim tizimini joriy etish tartibi va mexanizmlari belgilangan.
Bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholashning yangi tizimi, attestatsiya jarayonining shaffofligi va xolisligini ta'minlash chora-tadbirlari.
Oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonini soddalashtirish, hujjat topshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha yangi qoidalar.
Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va xalqaro tajribani oʻrganish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar.
Ta'lim jarayonida zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanish, oʻquv-metodik filmlar yordamida darslar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari.
Talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida haq toʻlanadigan malakaviy amaliyotni tashkil etish tartibi, shartlari va me'yorlari belgilangan.