Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi

Kafedra haqida

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining missiyasi — milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, o‘zbek tili va adabiyoti, tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlashdan iborat. Kafedra o‘z faoliyatida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ona tilimizning nufuzi va mavqeini xalqaro miqyosda mustahkamlashni ustuvor vazifa deb biladi.

Fakultet

Gumanitar fanlar va tillar fakulteti

Kafedra mudiri

Toʻxtasinova Odinaxon Yusupovna

Kafedra tarixi

1939-yil 1-iyulda Kunduzgi o‘qituvchilar pedagogika instituti tashkil etilishi bilan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi ham o‘z faoliyatini boshlagan. 1962-yilda kafedra O‘zbek tilshunosligi va O‘zbek adabiyoti kafedralariga ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-son qaroriga muvofiq, mustaqil faoliyat yuritib kelgan O‘zbek tili va O‘zbek adabiyoti kafedralari 2025-yil 2-apreldan boshlab O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sifatida qayta birlashtirildi.


O‘zbek tilshunosligi kafedrasiga turli yillarda I. Rasulov, B. Madaliyev, J. Abdullajonova, O. Bozorov, R. Shukurov, I. Po‘latov, I. Madrahimov, Sh. Akramov va O. To‘xtasinovalar rahbarlik qilgan. O‘zbek adabiyoti kafedrasiga esa L. Zohidov, N. Abdullayev, R. Tojiboyev, M. Siddiqov, M. Hoshimova, M. Jamoliddinov, D. Zohidova hamda B. Abdurahmonovalar mudirlik qilgan. 2025-yil 2-apreldan boshlab birlashgan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga O. To‘xtasinova rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra missiyasi

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining missiyasi — milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, o‘zbek tili va adabiyoti, tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlashdan iborat. Kafedra o‘z faoliyatida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ona tilimizning nufuzi va mavqeini xalqaro miqyosda mustahkamlashni ustuvor vazifa deb biladi.

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Ayni paytda kafedrada 29 nafar asosiy shtatdagi va 4 nafar o‘rindosh professor-o‘qituvchi, jami 33 nafar tajribali mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Ularning 28 nafari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lib, 5 nafari stajyor-o‘qituvchi sifatida ishlamoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 94 foizni tashkil etadi.


2025/2026-o‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiya nashr etildi. Shuningdek, 60 dan ortiq impakt-faktorga ega xalqaro jurnallarda, 20 dan ortiq Scopus bazasidagi nashrlarda, 50 dan ortiq OAK jurnallarida hamda 70 dan ortiq respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda maqolalar chop etilishiga erishildi.


Hozirgi kunda kafedrada 10.00.01 — O‘zbek tili hamda 10.00.11 — Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura faoliyat yuritmoqda. Mazkur yo‘nalishlarda 50 nafardan ortiq doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot olib bormoqda.


Kafedra a’zolaridan 6 nafari — Rahimova Maftuna Odilovna, Jo‘rayeva Ramziyeva Muhammadrahimovna, Tojiboyeva Mahbuba Rahimovna, Hojiyeva Minovvarxon Akramovna, Toshxo‘jayeva Shoiraxon hamda Xrojiddinova Muattarxon xorijiy tilni bilish sertifikatiga ega.


Shuningdek, joriy o‘quv yilida O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining bir qator iqtidorli talabalari nomdor davlat stipendiyalari va nufuzli mukofotlar sohibiga aylandi.


Ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida qator umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. 4+2 tizimidagi pedagogik amaliyotlar, metodika fanlari bo‘yicha amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari ana shu ta’lim muassasalarida muntazam tashkil etib kelinmoqda.