Aniq fanlar va muhandislik fakulteti

Zamonaviy matematika, fizika, muhandislik va IT texnologiyalari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlaymiz

Yangi fakultet Muhandislik yo‘nalishlari Matematika Fizika

Aniq fanlar va muhandislik fakulteti haqida

Fakultet zamonaviy muhandislik texnologiyalari va aniq fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan.

O‘qitish jarayonida eng so‘nggi dasturlash tillari, matematik modellashtirish, elektr texnologiyalari va muhandislik qo‘llanmalari ishlatiladi.

Fakultet maqsadi

Muhandislik texnologiyalari va aniq fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega, innovatsion fikrlaydigan va texnik ko‘nikmalari mukammal bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash.

Zamonaviy yondashuvlar

  • Fanlar ingliz tilida o‘qitiladi
  • Zamonaviy muhandislik laboratoriyalari
  • Xalqaro texnik musobaqalar
  • Tutorlik tizimi
  • Elektron hujjat almashinuvi

Fakultet binosi

Zamonaviy o‘quv binosi

Fakultet rahbariyati

Dekan

Aroyev Dilshod Davronovich

2025-yil 2-apreldan Aroev Dilshod Davronovich Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. Aroev Dilshod Davronovich 1979-yil 23-avgustda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2005-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bakalavriatini, 2007-yilda esa magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — matematika va informatika. U texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent unvoniga ega. Ingliz va rus tillarini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar a’zosi emas. Mehnat faoliyatini 2001-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutida talaba sifatida boshlagan. 2005–2007-yillarda shu institutda magistratura bosqichida tahsil olgan. 2007–2013-yillarda Matematika-informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2013–2019-yillarda devonxona mudiri bo‘lib ishlagan. 2019–2020-yillarda Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2020–2021-yillarda Matematika-informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021–2025-yillar davomida Matematika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani hisoblanadi.

+99891-148-79-79
aroyev79@gmail.com

Fakultet tarixi

Yangi bosqich – muhandislik kelajagi

Fakultet zamonaviy ta'lim tizimining eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri sifatida tashkil etilgan.

Dasturlash, elektr texnologiyalari, muhandislik va raqamli texnologiyalar bo'yicha chuqur ta'lim beradi.

app.exact_sciences.modern_approaches_title

  • Fanlar ingliz tilida o‘qitiladi
  • Zamonaviy muhandislik laboratoriyalari
  • Xalqaro texnik musobaqalar
  • Tutorlik tizimi

app.exact_sciences.digital_transformation_title

app.exact_sciences.digital_transformation_text_1

app.exact_sciences.digital_transformation_text_2

Fakultet kafedralari

01

Matematika

Matematik tahlil, algebra, geometriya va ularning amaliy qo'llanmalari bo'yicha chuqur bilim beruvchi kafedra.

Bakalavr Magistratura
02

Raqamli texnologiyalar va sun'iy intelekt

Sun'iy intellekt, ma'lumotlar tahlili va raqamli texnologiyalarni chuqur o'rgatuvchi innovatsion markaz.

Bakalavr Magistratura
03

Elektr texnologiyalari

Elektr texnologiyalari, energetika va elektr tizimlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan kafedra.

Bakalavr Magistratura
04

Muhandislik texnologiyalari

Muhandislik texnologiyalari, mexanika va qurilish sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlovchi markaz.

Bakalavr Magistratura
05

Kimyo muhandisligi va geodeziya

Kimyo muhandisligi, geodeziya va geologiya sohalarida chuqur bilim beruvchi kafedra.

Bakalavr Magistratura

Fakultet professorlari

Professorlar haqida ma'limot yo'q

Professorlar ma'limotlari tez orada qo'shiladi.

Fakultetlarimiz