Kimyo muhandisligi kafedrasi

Kafedra haqida

Kimyo muhandisligi kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Kimyo muhandisligi kafedrasining missiyasi — zamonaviy kimyoviy texnologiyalar, muhandislik bilimlari hamda innovatsion yondashuvlarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, ekologik barqarorlik va sanoat rivojiga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat.



Fakultet

Aniq fanlar va muhandislik fakulteti

Kafedra mudiri

Otakuziyeva Vazira Usmonjonovna

Kafedra tarixi

Qo‘qon davlat universiteti “Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar” fakulteti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi 2023–2024-o‘quv yilining sentabr oyida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali “Elektronika va elektr texnikasi” fakulteti “Ijtimoiy va aniq fanlar” kafedrasidan mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. Ushbu o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-texnologik yo‘nalishlarga ixtisoslashishiga va kimyoviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishga xizmat qildi.


2023–2024-yillar davomida kafedra “Kimyoviy texnologiyalar” nomi ostida faoliyat yuritib, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan fanlarni chuqur o‘qitishga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu davrda ta’lim dasturlari innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirildi.


2024–2025-yillarda kafedra “Muhandislik” fakulteti tarkibida “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Bu davrda nazariy va amaliy tayyorgarlikni takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish orqali malakali mutaxassislar tayyorlashga e’tibor qaratildi.


2025-yil 3-yanvardan boshlab kafedra “Kimyo muhandisligi, iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar” nomi bilan faoliyat yuritib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimiga yo‘naltirilgan mutaxassislar tayyorlashni maqsad qildi.


2025-yil 2-apreldan Qo‘qon davlat universiteti “Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar” fakultetida “Kimyo muhandisligi” kafedrasi sifatida qayta tashkil etilib, o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2025-yil 28-avgustdan esa “Kimyo muhandisligi va geodeziya” kafedrasi tarkibida faoliyatini davom ettirmoqda.


2023–2024, 2024–2025 o‘quv yillari hamda 2025–2026 o‘quv yilining 28-avgustiga qadar kafedraga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent V.U. Otakuziyeva rahbarlik qilgan.

Kafedra missiyasi

Kimyo muhandisligi kafedrasining missiyasi — zamonaviy kimyoviy texnologiyalar, muhandislik bilimlari hamda innovatsion yondashuvlarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, ekologik barqarorlik va sanoat rivojiga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat.



Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Kimyo muhandisligi kafedrasida 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar falsafa doktori (PhD), shuningdek, 1 nafar fan doktori (DSc) hamda dotsent va o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali va ilmiy darajaga ega mutaxassislar bilan mustahkamlangan bo‘lib, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich yildan yilga oshib bormoqda va bu holat ta’lim sifati hamda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.