Matematika kafedrasi

Kafedra haqida

Matematika kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Matematika kafedrasining missiyasi — yuqori malakali, zamonaviy ilmiy va pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, matematik fanlarni chuqur o‘qitish orqali talabalarda mantiqiy fikrlash, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalari va innovatsion yondashuvni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashdan iborat.



Fakultet

Aniq fanlar va muhandislik fakulteti

Kafedra mudiri

Otaboyev Muxsinjon Muqimjonovich

Kafedra tarixi

Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti Matematika kafedrasi 1939-yilda “Matematika va fizika” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra o‘z faoliyati davomida turli yillarda “Matematika”, “Oliy matematika”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Fizika-matematika”, “Matematika va informatika” hamda “Matematika o‘qitish metodikasi” kabi nomlar bilan faoliyat yuritgan.


Kafedraga turli yillarda quyidagi rahbarlar mudirlik qilgan:

1939-yil — M. Jo‘rayev;

1966–1970-yillar — p.f.n. M. Madaliyev;

1970–1978-yillar — f.-m.f.n. X. Fozilov;

1974–1984-yillar — f.-m.f.n. X. Mavlonqulov;

1984–1986-yillar — f.-m.f.n. Sh. Soliyev;

1987–1997-yillar — f.-m.f.d. Q. Boyqo‘ziyev;

1997–2010-yillar — f.-m.f.n. Sh. Soliyev;

2010–2012-yillar — f.-m.f.n. B. Mamadaliyev;

2012–2013-yillar — t.f.n. A. Abdullayev;

2013–2018-yillar — p.f.n. X. Ustadjalilova;

2018–2021-yillar — f.-m.f.n. X. Jumakulov;

2021–2025-yillar — PhD D. Aroyev;

2025–2026-yillar — f.-m.f.n. X. Jumakulov.


2026-yil yanvar oyidan boshlab Matematika kafedrasiga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Otaboyev Muxsinjon Muqimjonovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra missiyasi

Matematika kafedrasining missiyasi — yuqori malakali, zamonaviy ilmiy va pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, matematik fanlarni chuqur o‘qitish orqali talabalarda mantiqiy fikrlash, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalari va innovatsion yondashuvni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashdan iborat.



Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Matematika kafedrasi o‘z faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti va O‘sh davlat pedagogika universiteti, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti hamda A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Qozog‘istonning Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqaro do‘stlik universiteti, Tojikistonning Xo‘jand davlat universiteti hamda Malayziyaning Northern University bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.


Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muntazam stajirovkalardan o‘tib, o‘zlarining ilmiy-pedagogik malakasini oshirmoqdalar hamda zamonaviy ilmiy va pedagogik tajribalarni o‘zlashtirmoqdalar. Bu jarayon kafedraning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirishga va ta’lim jarayonini zamonaviy standartlar asosida tashkil etishga xizmat qilmoqda.


Hozirgi kunda Matematika kafedrasida 36 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 1 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, 13 nafar falsafa doktori (PhD), shuningdek, 1 nafar professor, 6 nafar dotsent, 14 nafar katta o‘qituvchi va 15 nafar o‘qituvchi mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo‘lib, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 52 foizni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda.


Hozirgi kungacha ta’lim yo‘nalishida 1 nafar Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talaba yetishib chiqqan. Bu natijalar ta’lim sifati va talabalar salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatadi.

Kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar natijasida 40 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar nashr etilgan. Jumladan, so‘nggi besh yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan 15 ta darslik va 31 ta o‘quv qo‘llanma vazirlikning Muvofiqlashtiruvchi kengashi grifi asosida nashr etilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.


Hozirgi kunda kafedra qoshida 60540100 — Matematika, 60540200 — Amaliy matematika, 60110600 — Matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 70540104 — Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) magistratura mutaxassisligi, shuningdek 01.01.01 — Matematik analiz va 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyat yuritadi.