Kafedra haqida
Elektr texnologiyalari kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Elektr texnologiyalari kafedrasining missiyasi — zamonaviy muhandislik ta’limi standartlariga mos, yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda elektr energetikasi va elektr texnologiyalari sohasida dolzarb muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.
Kafedra ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlagan holda, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda talabalarni ilmiy izlanish va innovatsion faoliyatga jalb etishni o‘zining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilaydi.
Shuningdek, kafedra hududiy va global miqyosda elektr texnologiyalari sohasining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadigan, kasbiy kompetensiyaga ega, tashabbuskor va ijodkor kadrlarni yetishtirishni maqsad qiladi.
Fakultet
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Kafedra mudiri
Usmonov Inomjon Isroilovich
Kafedra mudiri
Usmonov Inomjon Isroilovich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Kafedra tarixi
Qoʻqon davlat universiteti Muhandislik fakulteti Elektronika va elektr texnologiyalari kafedrasi 2022–2023-oʻquv yilining 24-oktabr sanasida “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasidan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida ajralib chiqdi. Ushbu o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarda ixtisoslashishiga sharoit yaratib, muhandislik ta’limi rivojiga xizmat qildi.
2022–2023-yillarda kafedra “Elektr va elektronika” nomi ostida faoliyat yuritdi. Ushbu davrda energetika yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot ishlari energetika va elektronika fanlarining uzviy bog‘liqligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirildi.
2023–2025-yillarda kafedra “Elektr texnologiyalari” nomi bilan faoliyat olib bordi. Bu davrda asosiy e’tibor energetika va elektronika fanlarini o‘qitish metodikalarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratildi. Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot faoliyatida energetika ta’limi metodikasini chuqur o‘rganish va yangilash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
2025-yildan boshlab kafedra o‘z faoliyatini “Elektronika va elektr texnologiyalari” nomi ostida davom ettirmoqda. Ushbu bosqichda ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, hududdagi elektr energetika sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2025-yil 26-avgustdan boshlab kafedra nomi qayta o‘zgartirilib, “Elektr texnologiyalari” kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tashkil etilganidan buyon uning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish va ta’lim-tadqiqot jarayonlarini takomillashtirishda bir qator tajribali rahbarlar faoliyat olib borgan.
2022–2023-yillarda kafedraga SH. O‘ktamjonov rahbarlik qilgan bo‘lib, ushbu davrda kafedraning tashkiliy shakllanishi va ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilgan.
2023-yil yanvardan sentabrgacha I. Usmonov kafedra faoliyatini boshqargan. Ushbu davrda o‘quv dasturlari takomillashtirilib, o‘quv-metodik ishlar samaradorligi oshirilgan.
2023-yil sentabrdan katta o‘qituvchi G. Urozaliyev kafedra mudiri sifatida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan.
2024-yil iyul oyidan boshlab texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent I. Usmonov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan va hozirgi kungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda. Uning rahbarligida kafedra zamonaviy ta’lim va ilmiy standartlar asosida rivojlanib, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kafedra “Fargʻona vodiysi hududida qishloq xo‘jaligi elektr energetikasi hamda ishlab chiqarish korxonalarining holatini kompleks energoaudit va monitoring qilish” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlarni faol olib bormoqda.
Kafedra missiyasi
Elektr texnologiyalari kafedrasining missiyasi — zamonaviy muhandislik ta’limi standartlariga mos, yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda elektr energetikasi va elektr texnologiyalari sohasida dolzarb muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.
Kafedra ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlagan holda, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda talabalarni ilmiy izlanish va innovatsion faoliyatga jalb etishni o‘zining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilaydi.
Shuningdek, kafedra hududiy va global miqyosda elektr texnologiyalari sohasining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadigan, kasbiy kompetensiyaga ega, tashabbuskor va ijodkor kadrlarni yetishtirishni maqsad qiladi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Elektr texnologiyalari kafedrasida jami 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 1 nafar fan doktori (professor), 3 nafar falsafa doktori (PhD), 4 nafar dotsent, 5 nafar katta o‘qituvchi va 11 nafar o‘qituvchi mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lib, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 22 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich yildan yilga oshib bormoqda va ta’lim sifati hamda ilmiy-tadqiqot samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ilmiy loyihalar
Kafedra mudiri, PhD dotsent I. Usmonov “Dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun yuqori sifatli urug‘lik tayyorlash” mavzusidagi startap loyiha granti g‘olibi bo‘ldi. Loyiha doirasida 17 056 AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi.
Patentlar va innovatsiyalar
Kafedra tomonidan jami 6 ta patent (3 ta ixtiro, 3 ta foydali model) hamda 14 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi (DGU) olingan.
Monografiyalar
Yil davomida 3 ta monografiya chop etilgan.
Ilmiy himoya
Kafedra o‘qituvchisi T. Butaev “Muhandislik ta’lim yo‘nalishlari talabalarida tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusida DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va professor unvoniga ega bo‘ldi.
Talabalar yutuqlari
Kafedra talabalari respublika va viloyat bosqichidagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi hamda boshqa ilmiy musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan:
- D. Xasanov – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori
- R. Saidaxmedov – respublika va viloyat bosqichi g‘olibi
- A. Alijonov – viloyat bosqichi g‘olibi
- A. Akbarov – respublika tanlovlari ishtirokchisi va g‘olibi
- M. Xojiboeva – tuman bosqichi g‘olibi
- A. Toshtemirov – respublika va hududiy bosqich g‘olibi
Xalqaro hamkorlik
M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlik doirasida xorijiy professor-o‘qituvchilar tashrif buyurib, dars mashg‘ulotlari va ilmiy seminarlar o‘tkazib kelmoqda.