Muhandislik texnologiyalari kafedrasi

Kafedra haqida

Muhandislik texnologiyalari kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Muhandislik texnologiyalari kafedrasining missiyasi — zamonaviy muhandislik ta’limi talablariga mos, yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda muhandislik sohasidagi dolzarb muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.


Kafedra ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali mintaqaviy va global miqyosda muhandislik sohasining rivojiga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qiladi.

Fakultet

Aniq fanlar va muhandislik fakulteti

Kafedra mudiri

Siddiqov Rasuljon Uktamovich

Kafedra tarixi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali 2018-yil 22-sentyabrda 254-sonli Prezident farmoni bilan tashkil etilgan. Filial tarkibida Elektronika va elektr texnikasi fakulteti hamda “Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi faoliyat yuritgan. Ushbu davrda Texnologik mashina va jihozlar, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari, Elektronika va asbobsozlik yo‘nalishlari bo‘yicha 124 nafar talaba qabul qilingan.


Dastlab kafedraga F. Mamadaliyev, A. Asqarov, A. Akbarov va B. Xaminovlar rahbarlik qilgan.


2022-yilda “Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi negizida “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda kafedraga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Siddiqov Rasuljon O‘ktamovich mudirlik qilmoqda.


Kafedra xalqaro va respublika miqyosida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, Belarussiya Respublikasidagi Grodno shahrida joylashgan Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti, Qozog‘iston Respublikasidagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, shuningdek, Andijon davlat texnika instituti, Namangan davlat texnika universiteti va Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan samarali hamkorlik olib bormoqda.


2025-yil 2-apreldan boshlab Qo‘qon davlat universiteti tashkil etilib, mazkur kafedra Aniq fanlar va muhandislik fakulteti tarkibida “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi nomi ostida faoliyatini davom

Kafedra missiyasi

Muhandislik texnologiyalari kafedrasining missiyasi — zamonaviy muhandislik ta’limi talablariga mos, yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda muhandislik sohasidagi dolzarb muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.


Kafedra ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali mintaqaviy va global miqyosda muhandislik sohasining rivojiga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qiladi.

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Ilmiy yutuqlar


Muhandislik texnologiyalari kafedrasida Belarussiya Respublikasi bilan hamkorlikda xalqaro fundamental ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha mavzusi — “Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning ishchi qismlariga karbid-volfram qotishmalaridan qayta ishlab olingan kukun asosida yeyilishga chidamli qoplamalar qoplash texnologiyasini ishlab chiqish”.

Loyiha rahbari — PhD, katta o‘qituvchi S. Muxtorov. Loyihaning asosiy ishtirokchilari Sh. Po‘latov, B. Tojiboyev, R. Siddiqov, A. Axunjonov, S. Rahmonov, F. Oxunjonov hamda S. Umarov hisoblanadi. Hozirgi kunda loyiha moliyalashtirishning yakuniy 5-bosqichida davom etmoqda.


Patentlar va mualliflik guvohnomalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator patentlar olingan bo‘lib, ular innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlarning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.

  1. Kafedra v.v.b. dotsenti Akbarov Adxam Axadovich tomonidan 2025-yil 16-iyunda “O‘zgarmas kuchlanishni o‘zgaruvchan kuchlanishga o‘zgartirgich” mavzusida № IAP 8396-sonli ixtiro patenti olindi.
  2. Kafedra assistent o‘qituvchisi O‘lmasov Farruxbek Yorqinjon o‘g‘li tomonidan 2025-yil 2-sentabrda “Chang va gazlarni ho‘l usulda tozalash qurilmasi” mavzusida № FAP 2954-sonli foydali model patenti qo‘lga kiritildi.
  3. Kafedra assistent o‘qituvchisi Nurmatov Sardorbek Xasanboy o‘g‘li tomonidan 2025-yil 29-martda “Gazlarni tozalash uchun qurilma” mavzusida № IAP 8415-sonli ixtiro patenti olindi.


Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar

Muhandislik texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan jurnallar va konferensiya to‘plamlarida bir qator ilmiy maqolalar chop etildi.

2023-yilda E3S Web of Conferences nashrida “Thermodynamic compatibility and structural characteristics of interpenetrating polymer vibration damping systems for engineering purposes” nomli maqola e’lon qilinib, unda tebranishni so‘ndiruvchi va tovush yutuvchi polimer kompozitsion materiallarning termodinamik mosligi hamda strukturaviy xususiyatlari tadqiq etildi. Mazkur maqola mualliflari tarkibida kafedra dotsenti B. Xaminov ishtirok etdi.

Shuningdek, 2023-yilda “Influence of the parameters to transition capacitance at NCDS-PSI heterostructure” nomli maqola E3S Web of Conferences nashrida chop etildi. Tadqiqotda nCdS-pSi geterostrukturasida o‘tish sig‘imiga ta’sir etuvchi parametrlar tahlil qilindi. Mualliflar tarkibida R. Siddiqov qatnashgan.

2024-yilda “Optimizing the accuracy of an industrial robot: a model for improving positional accuracy” nomli maqola E3S Web of Conferences bazasida chop etildi. Maqolada sanoat robotlarining pozitsion aniqligini oshirish, manipulyator harakati va trayektoriya aniqligini modellashtirish masalalari yoritilgan. Mualliflar tarkibida R. Siddiqov, X. Xomidov, R. Ummatov, A. Akbarov, Z. Abdullayev, S. Nurmatov, B. Yo‘ldashev va D. Ubaydullayeva ishtirok etgan.

2025-yilda AIP Conference Proceedings nashrida “On the mechanism of physical and chemical interactions of components of composite polymer materials filled with inorganic and organic ingredients” nomli maqola chop etildi. Ushbu maqolada kompozitsion polimer materiallarda fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sir mexanizmlari, adgezion bog‘lanishlar va adsorbsion qatlamlarning xususiyatlari tadqiq qilindi. Mualliflar tarkibida B. Xaminov ishtirok etdi.


Monografiyalar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator ilmiy monografiyalar chop etilgan.

  1. Kafedra dotsenti Xaminov Burxon Turg‘unovich tomonidan “Разработка антифрикционно-виброзвукопоглощающих композиционных полимерных материалов и технология получения покрытий из них для рабочих органов хлопкоочистительных машин” nomli monografiya 2026-yilda chop etildi.
  2. Kafedra dotsenti Mamadaliyev Foziljon Abdullayevich tomonidan “Calculation of the parameters of the Egyptian triangle” nomli monografiya 2020-yilda nashr qilindi.
  3. Kafedra dotsenti Siddiqov Rasuljon O‘ktamovich va assistent o‘qituvchi Xonazarov Ro‘zimuhammad Dilshodjon o‘g‘li tomonidan “Sanoat changli gazlarini ho‘l usulda tozalovchi apparatning ish parametrlarini asoslash” nomli monografiya 2023-yilda chop etildi.
  4. Kafedra katta o‘qituvchisi Muxtorov Sohibjon Abdufatto o‘g‘li tomonidan “Разработка технологии получения композиционных антифрикционно-самосмазывающихся подшипников скольжения на основе металлополимеров” nomli monografiya 2026-yilda chop etildi.
  5. Kafedra assistent o‘qituvchisi Xomidov Xushnudbek Rapiqjon o‘g‘li tomonidan “Sanoat chang va gazlarining asosiy xossalari, ularni ho‘l usulda tozalash qurilmalari tahlili” nomli monografiya 2024-yilda nashr etildi.


Ilmiy salohiyat va doktorantura

Kafedrada jami 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 17 nafari asosiy shtatda, 6 nafari esa ichki o‘rindoshlik asosida ishlaydi. Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibida 2 nafar dotsent (PhD), 3 nafar v.v.b. dotsent va 1 nafar katta o‘qituvchi (PhD) mavjud. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ulushi 17,6 foizni tashkil etadi.

Kafedra tayanch doktorantlari: J. Asqarov, N. No‘monov, I. Nosiraliyev, F. Oxunjonov, S. Umarov, A. G‘ulomov, N. Nabiyev va N. Qosimova. Mustaqil izlanuvchilar sifatida esa S. Nurmatov, F. O‘lmasov hamda X. Xomidov ilmiy faoliyat olib bormoqda.


Fan to‘garaklari

2025–2026-o‘quv yilida iqtidorli talabalar bilan ishlash maqsadida quyidagi fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda:

  • “Yosh mexanik” — rahbar Z. Abdullayev
  • “Yosh konstruktor” — rahbar S. Nurmatov
  • “Yosh muhandis” — rahbar B. Yo‘ldoshev


Start-up loyihalar

2025–2026-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar va talabalar hamkorligida quyidagi innovatsion start-up loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

  • Elektr dvigatellar sarfini optimallashtiruvchi aqlli boshqaruv modelini ishlab chiqish (Variable Frequency Drive)
  • Quyosh panellarining qiyalik burchagini mavsumga moslashtirish
  • Quyosh panellarini avtomatlashtirilgan tozalash tizimini yaratish
  • Dala sharoiti uchun ixcham va portativ suv tozalash qurilmasini loyihalash
  • Gips toshlarini maydalovchi tegirmon katoklarining yeyilishga chidamliligini oshirish
  • Ventilyator podshipniklarining xizmat muddatini uzaytirish
  • Svetaforlarni sun’iy intellekt asosida boshqariladigan aqlli tizimga o‘tkazish
  • Qo‘qon shahridagi yo‘nalishli avtobuslar soni va harakatini aqlli ilovalar yordamida boshqarishni takomillashtirish


Professor-o‘qituvchilar yutuqlari

Mukofot va e’tiroflar

Kafedra dotsenti Xaminov Burxonjon Turg‘unovich 2024-yil 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, kafedra dotsenti Mamadaliyev Foziljon Abdullayevich matematika, texnika va falsafa sohalarida faoliyat yuritayotgan taniqli olim va shoir hisoblanadi. U fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, G. V. Leybnis nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi akademigi hamda xalqaro “Abay” medali sovrindori hisoblanadi.


Xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv

2025–2026-o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillik dasturlari faol amalga oshirilmoqda. M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida akademik almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.

2025-yil 10–16-noyabr kunlari “Mexanika va mashinasozlik” kafedrasi dotsenti Mirzaliyev Darxan Saparbayevich “Elektr muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga “Amaliy mexanika” fanidan 30 soatlik dars mashg‘ulotlari olib bordi.

Shuningdek, “Suv resurslari, yerdan foydalanish va qishloq xo‘jaligi texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Baymaxanov Kenjemirza “Transport vositalari muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Avtomobillar konstruksiyasi” fanidan 30 soatlik mashg‘ulotlar o‘tdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari R. Siddiqov, X. Xaminov, Z. Abdullayev va F. Mamadaliyev akademik almashinuv dasturi asosida Qozog‘iston Respublikasidagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lib, ilmiy-amaliy hamkorlik ishlarini amalga oshirdilar.