Fakultet haqida
Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3218-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida shakllangan.
Dastlab 5 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar talabani qamrab olgan fakultet bugungi kunda Qo‘qon davlat universiteti tarkibida 27 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 9 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 2200 nafardan ortiq talaba bilan faoliyat yuritmoqda.
Fakultet ilm-fan, madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida zamonaviy ta’lim dasturlarini taklif etadi. O‘zining yuqori salohiyati va mustahkam mavqei bilan ajralib turuvchi “San’at va sport” fakulteti Farg‘ona vodiysida yetuk san’at, madaniyat va sport sohasi mutaxassislarini tayyorlovchi yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi.
Yuksak sifatli ta'lim
Zamonaviy yondashuv
Ilmiy-tadqiqot
Innovatsion loyihalar
Amaliy yo'naltirish
Bilimni amaliyotga
Xalqaro hamkorlik
Global tajriba
Fakultet missiyasi
“Ijodkorlik, san’at va sport mahorati hamda har tomonlama rivojlanish…”
Ta'lim yo'nalishlari
Rahbariyat
Tojiboyev Jamshid Qoʻldoshevich
DekanBiografiya va ilmiy faoliyat
Xolmatov Ilyor Ibroximovich
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Tursunov Mirkamol Turdaliyevich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Rajabov Azizjon Xusanovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Qabul jadvali
Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.
Kafedralar
Yutuqlarimiz
Bugungi kunda fakultetda ijodiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalarni ilm-fanga yanada chuqur jalb etish orqali ular orasidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblarini tayyorlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, fakultetda ijodiy, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar bilan ishlashning samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetning xalqaro hamkorlik aloqalari keng rivojlangan bo‘lib, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Ispaniya davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.
Fakultetda o‘quv jarayoni dunyoning TOP-500 taligiga kiruvchi universitetlar o‘quv rejalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy o‘quv xonalari va texnik jihozlar bilan ta’minlangan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib, “ustoz-shogird” tizimi asosida talabalar bilan ishlaydi. O‘quv yili davomida 5 ga yaqin darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va 20 ga yaqin monografiya chop etilgan.
Fakultet mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan doimiy takomillashtirilgan reja asosida faoliyat yuritadi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mamlakatimiz hududlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash asosiy maqsadlardan biridir.
Fakultet barcha talabalar uchun teng va adolatli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi. Xususan, “Jismoniy madaniyat va sport” yo‘nalishi talabalari orasida Olimpiada, jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindorlari mavjud.
Fakultetda “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” tashkil etilgan bo‘lib, “Art Start” dasturi orqali startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. “MetaExtract” va “Personal Ensemble” loyihalari “Bo‘lajak olim” tanloviga taqdim etilgan.
Talabalar hayoti
Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.