Xalq ijodiyoti kafedrasi

Kafedra haqida

Xalq ijodiyoti kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

“Xalq ijodiyoti” kafedrasining missiyasi — milliy musiqa va xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash, ularni zamonaviy ta’lim va ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hamda xalqaro madaniy maydonda o‘zbek milliy san’atini keng targ‘ib etishga xizmat qiluvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Fakultet

Sanʼat va sport fakulteti

Kafedra mudiri

Topildiyev Saidmurod Odiljon o‘g‘li

Kafedra tarixi

 “Xalq ijodiyoti” kafedrasi 2017–2018-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tarkibida “Teatr san’ati va xalq ijodiyoti” kafedrasi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2020–2021-o‘quv yilida esa “Xalq ijodiyoti” kafedrasi sifatida alohida tarkibga ajratildi. Ushbu o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik hamda amaliy-ijodiy yo‘nalishlarga ixtisoslashishiga imkon yaratib, milliy qo‘shiqchilik sohasini rivojlantirishga xizmat qildi.


2020–2021-yillarda kafedraga Qurbonova Mukammalxon rahbarlik qilgan. Ushbu davrda O‘zbek xalq cholg‘u sozlari yo‘nalishi tashkil etilib, iqtidorli abituriyentlar talabalikka qabul qilindi.


2021–2023-yillarda kafedraga dotsent Talaboyev Azizjon mudirlik qildi. Bu yillarda kafedraga malakali professor-o‘qituvchilar jalb etildi va talabalarning ijodiy izlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shuningdek, ushbu davrda talabalar tarkibida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ansambli tashkil etilib, u shahar va viloyat miqyosidagi festivallar hamda konsertlarda faol ishtirok etib, o‘zining yorqin chiqishlari bilan e’tibor qozondi. Bu davrda kafedrada milliy qo‘shiqchilik va maqom san’atining integratsiyalashgan asoslarini chuqur o‘qitish hamda ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.


2025-yildan hozirgi kungacha kafedraga dotsent Topildiyev Saidmurod rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra missiyasi

“Xalq ijodiyoti” kafedrasining missiyasi — milliy musiqa va xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash, ularni zamonaviy ta’lim va ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hamda xalqaro madaniy maydonda o‘zbek milliy san’atini keng targ‘ib etishga xizmat qiluvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

“Xalq ijodiyoti” kafedrasida jami 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibida 5 nafar dotsent, 2 nafar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1 nafar v.b. dotsent, shuningdek, 2 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali hamda ilmiy darajaga ega mutaxassislar bilan mustahkamlangan bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda va kafedrada ta’lim sifati hamda ilmiy-ijodiy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.