Kafedra haqida
San’atshunoslik kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
San’atshunoslik kafedrasining missiyasi — san’atshunoslik sohasida milliy va jahon san’ati yutuqlarini chuqur o‘rgangan, zamonaviy ilmiy va pedagogik kompetensiyalarga ega, ijodiy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedra ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda san’atshunoslik, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Fakultet
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra mudiri
Sharabayev Ulug’bek Muhamedovich
Kafedra mudiri
Sharabayev Ulug’bek Muhamedovich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Qoʻqon davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent Sharabayev Ulug‘bek Muxamedovich 1980-yil 9-martda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. Oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, 2006-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — dasgohli rang tasvir. Rus tilini biladi. Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni yo‘q.
Ulug‘bek Muxamedovich mehnat faoliyatini 1994–1999-yillarda Qo‘qon davlat tasviriy va amaliy san’at bilim yurtida talabalikdan boshlagan. 1999–2004-yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida tahsil olgan, 2004–2006-yillarda mazkur institut magistranti bo‘lgan.
2006–2008-yillarda Toshkent shahar O‘zbekiston Respublikasi dizayn kollejida rang tasvir fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2008–2011-yillarda Qo‘qon shahar 3-o‘quvchilar ijodiyot markazida rahbar o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2011–2018-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasida o‘qituvchi, 2020–2023-yillarda esa TSMG kafedrasida assistent-o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan.
2023-yildan boshlab mazkur institutda kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi dotsent sifatida ishlagan. 2025-yildan esa Qoʻqon davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tarixi
Qoʻqon davlat universiteti “San’atshunoslik va sport” fakulteti “San’atshunoslik” kafedrasi 2025-o‘quv yilining aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PQ–26-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etildi. Mazkur o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarga ixtisoslashishiga imkon yaratib, san’atshunoslik fanining alohida ta’lim sohasi sifatida rivojlanishiga xizmat qildi.
2017–2023-yillar davomida kafedra O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tarkibida “Teatr san’ati” nomi ostida faoliyat yuritdi. Ushbu davrda kafedra asosan vodiy viloyatlari uchun teatr san’ati yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullandi. Shu bilan birga, o‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot faoliyati san’at va madaniyat bilimlarining uzviy bog‘liqligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirildi.
2023–2025-yillar davomida kafedra “Sahna nutqi va san’atshunoslik” nomi ostida faoliyat yuritib, san’atshunoslik va xoreografiya fanlarini o‘qitish metodikalarini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Bu davrda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatida san’atshunoslik ta’limi metodikasini chuqur o‘rganish va yangilash ustuvor yo‘nalish bo‘ldi.
2024–2025-o‘quv yilining aprel oyidan boshlab kafedra yana “San’atshunoslik” nomi bilan qayta tiklanib, sohaga oid turli yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni davom ettirmoqda. Hozirgi bosqichda kafedra san’atshunoslikni keng qamrovli fan sifatida zamonaviy talablarga mos rivojlantirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlaridagi muammolarni hal etishga qodir mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirmoqda.
Kafedra tashkil etilgan dastlabki davrda unga U. Boltaboyeva rahbarlik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda kafedra mudiri sifatida U. M. Sharabayev samarali faoliyat olib bormoqda.
Kafedra missiyasi
San’atshunoslik kafedrasining missiyasi — san’atshunoslik sohasida milliy va jahon san’ati yutuqlarini chuqur o‘rgangan, zamonaviy ilmiy va pedagogik kompetensiyalarga ega, ijodiy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedra ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda san’atshunoslik, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Qoʻqon davlat universiteti “San’atshunoslik” kafedrasida jami 55 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning 34 nafari asosiy shtatda bo‘lib, qolganlari o‘rindoshlik va jo‘rnavoz sifatida ishlamoqda. Kafedra tarkibi 4 nafar professor, 11 nafar dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar stajyor-o‘qituvchi hamda 11 nafar jo‘rnavozdan iborat.
2025–2026-o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan qator ilmiy va kasbiy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi hamda 2 nafar assistent-o‘qituvchi tanlov asosida tegishli lavozimlarga o‘tkazildi.
Kelgusida 1 nafar professorlik, 1 nafar dotsentlik, 1 nafar katta o‘qituvchilik va 1 nafar assistent-o‘qituvchilik lavozimlariga o‘tish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati o‘quv bo‘limiga jadval asosida taqdim etilgan.
Kafedrada 1 nafar doktorant — Sh. Zokirova 2026–2027-o‘quv yilida ilmiy ishini himoya qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, 5 nafar mustaqil izlanuvchi ham ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlab, himoyaga chiqishi kutilmoqda. Ular: M. G‘iyosiddinova, I. Boltaboyev, U. Boltaboyeva, I. Mamatov va R. Dehqonov.
Bundan tashqari, Zokirova Shahloxon Akmalxon qizi tomonidan “Art Therapy Center – talabalarning psixologik barqarorligini san’at orqali rivojlantirish markazi” mavzusida startap loyiha ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlangan.