Kafedra haqida
Musiqa nazariyasi kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
“Musiqa nazariyasi” kafedrasining asosiy missiyasi — milliy va jahon musiqa san’ati an’analarini chuqur egallagan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, ijodkor, raqobatbardosh hamda yuksak ma’naviyatli mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedra ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uzviy bog‘lagan holda musiqa nazariyasi, ijrochilik va amaliy san’at yo‘nalishlarida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish, milliy musiqa merosini asrab-avaylash va uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Fakultet
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra mudiri
Qobilova E'zozxon Bakirovna
Kafedra mudiri
Qobilova E'zozxon Bakirovna
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Qobilova E’zozxon Bakirovna 1977-yil 8-martda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy bo‘lib, 2002-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — musiqa ta’limi. Ilmiy unvoni — professor. Rus va turk tillarini biladi.
Mehnat faoliyatini ta’lim tizimida boshlagan Qobilova E’zozxon Bakirovna 1996–2000-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi, 2000–2002-yillarda esa Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti bo‘lgan. 2002–2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limida metodist lavozimida faoliyat yuritgan.
2005–2010-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘quv bo‘limi uslubchisi, 2010–2013-yillarda Musiqiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, 2013–2018-yillarda katta o‘qituvchi sifatida samarali faoliyat olib borgan. 2020–2022-yillarda Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan bo‘lsa, 2022-yildan buyon mazkur kafedra dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2025-yil 26-avgustdan boshlab Qoʻqon davlat universiteti “Musiqa nazariyasi” kafedrasi professori sifatida faoliyat boshlagan. Shu yilning o‘zida kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan hamda hozirgi kunda “Musiqa nazariyasi” kafedrasi mudiri lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda.
Kafedra tarixi
Qoʻqon davlat universiteti “San’at va sport” fakultetining “Musiqa nazariyasi” kafedrasi 2024–2025-o‘quv yilining mart oyida qayta tashkil etildi. Mazkur o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarga ixtisoslashishiga imkon yaratib, musiqa fanining alohida ta’lim sohasi sifatida rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
2023–2025-yillar davomida kafedra Qo‘qon davlat pedagogika instituti tarkibida “Musiqa ijrochiligi” nomi ostida faoliyat yuritdi. Ushbu davrda kafedra, asosan, vodiy viloyatlari uchun san’at sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullandi. Shu bilan birga, o‘quv dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati san’at va madaniyat yo‘nalishlarining uzviy bog‘liqligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirildi.
2025–2026-o‘quv yilining avgust oyidan boshlab kafedra “Musiqa nazariyasi” nomi bilan qayta tiklanib, ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlashni davom ettirmoqda. Hozirgi bosqichda kafedra san’atni keng qamrovli fan sifatida zamonaviy ehtiyojlarga mos ravishda rivojlantirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, cholg‘u ijrochiligi hamda amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Musiqa nazariyasi” kafedrasi tashkil etilganidan buyon kafedra mudiri sifatida E. Qobilova samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra missiyasi
“Musiqa nazariyasi” kafedrasining asosiy missiyasi — milliy va jahon musiqa san’ati an’analarini chuqur egallagan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, ijodkor, raqobatbardosh hamda yuksak ma’naviyatli mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedra ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uzviy bog‘lagan holda musiqa nazariyasi, ijrochilik va amaliy san’at yo‘nalishlarida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish, milliy musiqa merosini asrab-avaylash va uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Yuqori ilmiy salohiyat:
Kafedrada faoliyat yuritayotgan 12 nafar professor-o‘qituvchining 58,3 foizi ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega. Mazkur ko‘rsatkich yildan-yilga oshib borayotgani ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Iqtidorli talabalar va davlat stipendiyalari:
Talabalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat natijasida bugungi kunga qadar 3 nafar talaba Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishga erishdi. Shuningdek, Prezident hamda boshqa nufuzli nomdor stipendiyalar sohiblari soni ham muntazam ortib bormoqda.
Xalqaro e’tirof va stajirovkalar:
Kafedra xalqaro miqyosda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti, Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) hamda Qirg‘iziston—Turkiya Manas universiteti bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Professor-o‘qituvchilar mazkur nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muntazam stajirovka o‘tab, xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etib kelmoqdalar.
Madaniy merosni targ‘ib qilish:
O‘zbek milliy musiqa san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish maqsadida kafedra jamoasi tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko‘rik-tanlovlar hamda ijodiy festivallar muntazam tashkil etib kelinmoqda.