Kafedra haqida
Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi missiyasi — milliy va jahon ijrochilik san’ati an’analari asosida yuqori malakali cholg‘u ijrochilarini tayyorlash, talabalarda ijodiy tafakkur, sahna madaniyati va professional ijrochilik mahoratini shakllantirish, shuningdek, musiqiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali madaniy-ma’naviy taraqqiyotga hissa qo‘shishdan iborat.
Fakultet
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra mudiri
Azizov Sarvarjon Salimjon o‘g‘li
Kafedra mudiri
Azizov Sarvarjon Salimjon o‘g‘li
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Azizov Sarvarjon Salimjon o‘g‘li 1992-yil 16-aprelda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, partiyaviyligi — yo‘q. Oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, 2017-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan (kunduzgi bo‘lim). Mutaxassisligi — fortepiano (organ) ijrochiligi. Rus tilini biladi. Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni mavjud emas.
U mehnat faoliyatini 2011–2017-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida fortepiano o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Umumiy fortepiano” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2021–2023-yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialida “Xalq ijodiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2023–2025-yillarda “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasida mudir lavozimida ishlagan.
2025-yildan boshlab Qoʻqon davlat universiteti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra tarixi
Qoʻqon davlat universiteti “San’at va sport” fakulteti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi 2024–2025-o‘quv yilining mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan qayta tashkil etildi. Ushbu o‘zgarish kafedraning o‘ziga xos ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarga ixtisoslashish imkonini yaratib, san’atshunoslik fanining alohida ta’lim sohasi sifatida rivojlanishiga xizmat qildi.
2023–2025-yillar davomida kafedra O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tarkibida “Cholg‘u ijrochiligi va musiqiy nazariy fanlar” nomi ostida faoliyat yuritdi. Ushbu davrda kafedra ta’lim jarayonida san’at sohasi uchun, asosan, vodiy viloyatlariga malakali mutaxassislar tayyorlash va yetkazib berish bilan shug‘ullandi. Mazkur yillarda kafedraning o‘quv dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati san’at va madaniyat bilimlarining uzviy bog‘liqligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirildi.
2025–2026-o‘quv yilining avgust oyidan boshlab kafedra “Cholg‘u ijrochiligi” nomi bilan qayta tiklanib, shu yo‘nalishda kadrlar tayyorlashni davom ettirmoqda. Ushbu bosqichda kafedra san’atni keng qamrovli fan sifatida zamonaviy ehtiyojlarga mos ravishda rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, shuningdek, cholg‘u ijrochiligi va amaliy san’at yo‘nalishidagi muammolarni hal etishga qodir malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Qoʻqon davlat universiteti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi tashkil etilganidan buyon kafedra mudiri sifatida S. Azizov o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda.
Kafedra missiyasi
Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi missiyasi — milliy va jahon ijrochilik san’ati an’analari asosida yuqori malakali cholg‘u ijrochilarini tayyorlash, talabalarda ijodiy tafakkur, sahna madaniyati va professional ijrochilik mahoratini shakllantirish, shuningdek, musiqiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali madaniy-ma’naviy taraqqiyotga hissa qo‘shishdan iborat.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
“Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi o‘z faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Turkiya Respublikasining Otaturk universiteti, Tojikiston Respublikasining Dushanbe davlat universiteti, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti hamda Qirg‘iziston–Turkiya Manas universiteti bilan hamkorlik munosabatlari faol tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari yuqorida qayd etilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muntazam stajirovkalarni amalga oshirib kelmoqdalar. Ushbu jarayon ularning ilmiy-pedagogik malakasini oshirishga, zamonaviy pedagogik va ilmiy tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mazkur hamkorlik kafedra jamoasining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonini zamonaviy talab va standartlarga mos ravishda tashkil etish imkonini bermoqda.
“Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasida 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 5 nafar dotsent, 7 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi hamda 5 nafar o‘qituvchi mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali va ilmiy salohiyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlangan bo‘lib, kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 38 foizni tashkil etadi.