Jismoniy madaniyat kafedrasi

Kafedra haqida

Jismoniy madaniyat kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasining missiyasi — talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda milliy va xalqaro sport yutuqlariga erishadigan raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishdan iborat.



Fakultet

Sanʼat va sport fakulteti

Kafedra mudiri

Abdullayev Rustam Abduvaliyevich

Kafedra tarixi

Qoʻqon davlat universiteti Sanʼatshunoslik va sport fakulteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi 1961-yilda Jismoniy tarbiya boʻlimi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, shu yili 1-kursga talabalar qabul qilinishi ommaviy sport ishlarini rivojlantirish tarixida muhim voqea sifatida qayd etilgan.


1964-yilda ushbu tuzilma mustaqil kafedra maqomiga ega boʻlib, Jismoniy tarbiya fakulteti sifatida faoliyat yurita boshlagan.


2024-yil 6-iyunga qadar Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida Jismoniy madaniyat metodikasi kafedrasi hamda Sport va harakatli o‘yinlar kafedrasi faoliyat olib borgan.


2024-yil 6-iyundan boshlab ushbu kafedralar birlashtirilib, Amaliy fanlar fakulteti tarkibida Jismoniy madaniyat kafedrasi tashkil etilgan va unga p.f.n., dotsent Alijon Akramovich Tolipdjonov kafedra mudiri etib tayinlangan.


2025-yil 1-apreldan kafedra nomi Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi deb o‘zgartirilgan.


2025-yil 26-avgustdan esa kafedra mudiri etib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rustam Abduvaliyevich Abdullayev tayinlangan.

Kafedra missiyasi

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasining missiyasi — talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda milliy va xalqaro sport yutuqlariga erishadigan raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishdan iborat.



Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasida tahsil olgan va hozirgi kunda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, ilmiy darajaga erishgan bir qancha olimlar yetishib chiqqan. Ular qatorida R.M. Rasulov (p.f.n., 2007 y.), S. Usachyova (p.f.n., dotsent), M.A. Tojiyev (PhD, professor), U.I. Sultonov (PhD, dotsent), J.Sh. Kozimov (PhD, 2021 y.), R.A. Melziddinov (PhD, 2022 y.), A.U. G‘ofurov (PhD, 2022 y.), I.E. Ruzmatov (PhD), V.M. Jurayev (PhD), R.A. Abdullayev (PhD), O.Q. Abdullayev (PhD), A.A. Alikulov (PhD) kabi olimlar faoliyat yuritmoqda.


Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot ishlari bilan Z.N. Xatamov, A.A. Parmonov, G.M. Xudaynazarova, A.A. Ziyayev, J.M. Yuldasheva shug‘ullanib, dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.


Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg (Rossiya) milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti, Rossiya Qozon federal universitetining Yelabuga instituti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan ilmiy hamkorlik shartnomalari va memorandumlar tuzgan.


Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda 20 dan ziyod yangilangan darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan.


Jismoniy madaniyat va sport kafedrasida “Ustoz-shogird” tizimi hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda Sh. Mo‘minov (2011), B. Meliqo‘ziyev (2018), Sh. Ergashev (2019), I. Odilova (2020) “Navoiy” nomli stipendiya sovrindorlari bo‘lgan.


Kafedra tarixida ko‘plab taniqli olimpiada, jahon va Osiyo chempionlari, terma jamoa a’zolari, O‘zbekiston chempionlari va “Universiada” g‘oliblari tahsil olgan. Ular orasida N. Xasanov, N. Osmonov, M. Qurbonov, R. Abdullayev, Sh. Rahmonqulov, E. Yemakov, R. Melziddinov (futbol), B. Meliqo‘ziyev, O. Sharipov, S. Abdullayev, R. Sultonov, O‘. Rahmonov, F. Meliboyev, A. Qodirov, K. Mardonov (boks), O. Voronina, D. Saydaliyev, E. Tunguskova, X. Axmadaliyev, N. Ro‘zmatov, S. Erkinova (yengil atletika), I. Minibayev, M. Oripova (fextovaniya), J. Ehsonov, K. Abdurasulov, Sh. O‘sarqulov, B. Nurmatov, J. Satimov, K. Mahkamov, X. Vahobov, J. Toshmuhammedov, O. Karimov (kurash), M. Abdumutalova (sambo), I. Ashurov, G. Normatova (qo‘l jangi), A. Tilavov, D. Bashirov, I. Baranov, J. Qudratov, X. Olimov, M. Xaydarov, B. Abdurahimov (dzyu-do), F. Yusupova, D. Xasanova (gandbol), A. Kashirin, Z. Gofurov, S. Vlasov, V. Shendrikov, V. Malikov, Z.M. Shodmonov, X. Hamroqulov, I. Meliyev, Sh. Meliqulov (voleybol) kabi sportchilar bor.


Shuningdek, kafedra talabalaridan bir qator kuchli sportchilar yetishib chiqqan: Mohigul Hamdamova – Tokio 2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi (yengil atletika, disk uloqtirish), Lazizbek Mullajonov – Parij 2024 oltin medal sohibi (boks), M. Rasulov – yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori, X. Rasulov – boks bo‘yicha Osiyo chempioni.


Fakultet talabalaridan B. Meliqo‘ziyev (2018), M. Hamdamova (2022) “Yil talabasi” nomiga sazovor bo‘lgan. Tolibjonov Sardorbek (2023), Murodaliyeva Musharraf (2024) “Pahlavon Mahmud” nomli davlat stipendiyasini olgan.


Hozirgi kunda kafedrada 10 dan ziyod sport turlari va 3 ta fan to‘garagi faoliyat olib bormoqda. To‘garaklarga malakali ustoz-murabbiylar rahbarlik qilmoqda. Talabalar bo‘sh vaqtlarini sport va fan to‘garaklarida mazmunli o‘tkazishmoqda.


Talabalar orasida Para yengil atletika bo‘yicha Muhammadjonov Nuriddin, Madaminova Rayhonoy, G‘afurova Rohilaxon, Qo‘shmonova Husnida 2025-yilda O‘zbekiston chempioni va sovrindorlari bo‘lgan. Muhammedov Ibrohimjon Marokashda o‘tkazilgan Paralimpiya gran-prida 3-o‘rinni egallagan (2025, 100 metr yugurish).


Shuningdek, Davronova Maftuna qilichbozlik bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston chempioni va xalqaro sport ustasi, Mamajonova Humorabonu boks bo‘yicha 2 karra O‘zbekiston chempioni va Jahon chempionatida 2-o‘rin sohibi bo‘lgan.


Kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, Rossiya (Lesgaft universiteti), Qozog‘iston (Abay nomidagi milliy pedagogika universiteti), Qirg‘iziston (O‘sh davlat universiteti va O‘sh davlat pedagogika universiteti) hamda Qozon federal universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.