Qo‘qon DU tadqiqotchi Boku universitetida
2025-yilning 28–29-may kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlari birinchi forumida imzolangan memorandumga asosan, ayni kunlarda Qo‘qon davlat universitetining mustaqil tadqiqotchisi Asror Jaloliddinov Boku davlat universitetida ilmiy izlanishlar va o‘quv tajriba ishlarini olib bormoqda.
Ushbu safar Qo‘qon davlat universiteti va Boku davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ilmiy salohiyatni oshirish, xorijiy tajriba almashinuvini ta’minlash, doktorantlar va tadqiqotchilar o‘rtasida akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Asror Jaloliddinov Boku davlat universitetining tegishli ilmiy markazlari va laboratoriyalarida o‘z tadqiqot mavzusiga oid ilmiy izlanishlar olib borib, xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashmoqda. Bu esa uning ilmiy salohiyatini yanada boyitib, kelgusida xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalarda ishtirok etishiga zamin yaratadi.