Orqaga
Calendar icon

Doktoranturaga kiriş imtihonlari boşlandi


Qöqon davlat universitetida 2027-yil uçun doktorantura (DSc), tayanç doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotçilik va mustaqil tadqiqotçilikka qabul jarayonlari doirasida kiriş imtihonlari boşlandi.

4-noyabr kuni universitetda bir qator ilmiy ixtisosliklar böyiça talabgorlarning bilim va ilmiy salohiyati sinovdan ötkazildi. Jumladan, «Matematik analiz», «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika», «Maşinasozlik maşinalari, apparatlari, agregatlari va qurilmalari» hamda «Sanoat issiqlik energetikasi» ixtisosliklari böyiça imtihonlar belgilangan jadval asosida taşkil etildi.

Imtihonlar taqdimot şaklida ötkazilib, talabgorlarning tanlagan ilmiy yönalişi böyiça bilimlari, tadqiqot olib boriş salohiyati, ilmiy izlanişlari va istiqboldagi tadqiqot rejalari baholandi.

Ma’lumot uçun, universitetda 2027-yil uçun doktorantura va ilmiy tadqiqotçilik yönalişlariga jami 61 ta kvota ajratilgan bölib, şundan 5 tasi DSc, 55 tasi PhD va 1 tasi stajyor-tadqiqotçilik uçun möljallangan. Kiriş imtihonlarida jami 174 nafar talabgor iştirok etişi rejalaştirilgan.

Imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida 13-noyabrga qadar davom etadi.