Yoşlar ittifoqi faoliyati sarhisob qilindi, yangi yetakçi saylandi
Yoşlar yetakçiligi — bu şunçaki lavozim emas, balki katta mas’uliyat, taşabbus va işonç demakdir. Qöqon davlat universitetida Özbekiston Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkilotining navbatdagi yiğilişi ana şu mas’uliyatni yangi bosqiçga olib çiqiş, amalga oşirilgan işlarni sarhisob qiliş va kelgusi rejalarni belgilaş maqsadida taşkil etildi.
Unda Yoşlar ittifoqi Farğona viloyati Kengaşi mas’ullari, universitet prorektori Oybek Bozorov hamda faol talaba-yoşlar qatnaşdi.
Yiğilişda boşlanğiç taşkilotning ötgan davrdagi faoliyati yuzasidan işlar tahlil qilindi. Unda talabalar manfaatlarini himoya qiliş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ijtimoiy faolligini oşiriş, iqtidor va iste’dodlarini yuzaga çiqariş, şuningdek, turli loyihalar hamda taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilgan işlar atrofliça körib çiqildi.
Muhokamalar davomida talaba-yoşlarning fikr va takliflariga ham e’tibor qaratilib, boşlanğiç taşkilot faoliyatini yanada takomillaştiriş, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etiş hamda yoşlar bilan işlaşda samarali mexanizmlarni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Yiğilişning muhim jarayonlaridan biri — boşlanğiç taşkilot yetakçiligiga saylov böldi. Oçiq ovoz beriş yakunlariga köra, Oydinoy Xolmirzayeva talaba-yoşlarning işonçini qozonib, navbatdagi muddatga Qöqon davlat universiteti Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti yetakçisi etib saylandi.
Yiğiliş yakunida boşlanğiç taşkilot faoliyatida izçillikni ta’minlaş, yoşlarning manfaat va intilişlarini qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qiladigan loyihalarni yanada kengaytiriş muhim vazifalar sifatida belgilandi.