«Visiting Global Professors Week»: xalqaro tajriba va zamonaviy bilimlar haftaligi boşlandi
Qöqon davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ta’lim jarayoniga xorijiy tajribani keng joriy etiş hamda talabalar va professor-öqituvçilarning xalqaro akademik muloqot imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan «Visiting Global Professors Week» xalqaro haftaligi boşlandi.
Haftalik doirasida 3-noyabr kuni universitetning bir qator fakultet va kafedralarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda ijodkorlar iştirokida ma’ruzalar, vebinar va mahorat darslari taşkil etildi.
Jumladan, Xorijiy filologiya fakultetida Malayziyaning Taylor’s University katta öqituvçisi Dr. G. Manickam Govindaraju iştirokida «Strategic Communication and Public Relations in the Digital Age» mavzusida onlayn oçiq ma’ruza bölib ötdi. Unda raqamli davrda strategik kommunikatsiyaning ahamiyati, jamoatçilik bilan aloqalarning zamonaviy tendensiyalari, raqamli platformalardan samarali foydalaniş va taşkilotlarning kommunikatsiya strategiyalarini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Fakultetlararo tillar kafedrasi taşabbusi bilan Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori Koka Ricky iştirokida «Raqamli muhitda imkoniyati çeklangan bolalarga ingliz tilini öqitiş» mavzusida xalqaro vebinar taşkil etildi. Unda raqamli ta’lim imkoniyatlaridan foydalangan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarga ingliz tilini öqitişning zamonaviy yondaşuvlari va samarali metodlari yuzasidan fikr almaşildi. Ma’lumot uçun, Surabaya davlat universiteti QS xalqaro reytingining Top-1000 taligidan joy olgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Haftalik doirasidagi yana bir mahorat darsi Pedagogika kafedrasi tomonidan taşkil etildi. Unda Şotlandiyaning «Tall Tales Oscar» hikoyaçilik mukofoti sovrindori, Şotlandiya hikoyaçilar uyuşmasi a’zosi, hikoyaçi-yozuvçi Miçael Joseph Kerins (Maykl Jozef Kerins) «Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda milliy hikoyalarning örni» mavzusida master-klass ötkazdi. Unda milliy hikoyalarning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati, badiiy söz orqali milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş imkoniyatlari haqida söz yuritildi.
Mazkur tadbirlar talaba-yoşlarning xorijiy mutaxassislar tajribasidan bahramand bölişi, zamonaviy ta’lim metodikalarini örganişi va xalqaro akademik aloqalar doirasida bilim hamda tajriba almaşişi uçun muhim imkoniyat yaratmoqda.
«Visiting Global Professors Week» xalqaro haftaligi doirasidagi uçraşuv va ma’rifiy tadbirlar davom etadi.