Universitet va Prezident maktabi: istiqbolli hamkorlik yölida
Qöqon davlat universiteti hamda Farğona şahridagi Prezident maktabi örtasida iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik işlari yölga qöyildi.
Hamkorlik doirasida universitetning Muhandislik texnologiyalari kafedrasi tomonidan Prezident maktabining 9–11-sinf öquvçilari bilan işlaş yölga qöyildi.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari quyidagilardan iborat:
🔹 Matematika, fizika va boşqa aniq fanlar böyiça bilimlarni mustahkamlaş;
🔹 Muhandislik, texnologiya va innovatsiyalar sohasiga qiziqişni oşiriş;
🔹 Öquvçilarni kasbga yönaltiriş va oliy ta’limga tayyorlaş;
🔹 Ularni ilmiy-tadqiqot işlari, ijodiy izlanişlar va amaliy loyihalarga jalb etiş;
🔹 Universitet professor-öqituvçilari iştirokida ilmiy-ma’rifiy uçraşuvlar va maslahatlar taşkil etiş.
Uşbu yönalişdagi işlar Muhandislik texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent, falsafa doktori (PhD) R. Siddiqov, katta öqituvçi X. Xomidov hamda stajyor-öqituvçi, falsafa doktori (PhD) X. Mamadaliyev iştirokida olib borilmoqda.
Hamkorlikning asosiy maqsadi — iqtidorli yoşlarning akademik salohiyatini rivojlantiriş, ularning muhandislik va texnologiya yönalişlariga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaş hamda kelajakdagi kasbi va ta’lim yönalişini ongli ravişda tanlaşiga kömaklaşiş.
Universitet va maktab örtasidagi hamkorlik ta’lim bosqiçlari uzviyligini ta’minlaş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va kelajak mutaxassislarini tayyorlaşga xizmat qiladi.