Orqaga
Calendar icon

Talaba tashabbusi bilan oilaviy MTT ishga tushdi

Rishton tumanida “Twins Kids” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur bog‘cha Qo‘qon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi Zilola Bozorovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u yosh mutaxassisning tashabbuskorligidan dalolat beradi.

Bog‘chada malakali pedagoglar jamoasi faoliyat yuritmoqda. Ta’lim maskani zamonaviy o‘quv-uslubiy jihozlar, qulay yotoqxonalar, oshxona hamda o‘yin maydonchalari bilan ta’minlangan. Bu esa kichkintoylar uchun xavfsiz va sermazmun muhitni yaratishga xizmat qilmoqda.

Kuni kecha Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tyutori M. Sirojiddinova hamda fakultet yoshlar yetakchisi N. Jo‘raboyevalar mazkur muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi va talabaning tadbirkorlik salohiyati hamda kasbiy tayyorgarligini namoyon etuvchi mazkur loyihani yuqori baholadilar.