Qo‘qon davlat universiteti uchun kvotalar tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bakalavriat va magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalarini e’lon qildi.
2025/2026 o‘quv yili uchun Qo‘qon davlat universiteti qabul parametrlari tasdiqlandi.
Jumladan, kunduzgi ta’lim shaklida jami 2 435 talaba o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shundan ta’lim tili bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
- O‘zbek tili — 2 160 ta;
- Rus tili — 275 ta;
Bakalavriatning kechki ta’lim shakli uchun 200 ta o‘rin ajratildi. Shundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- O‘zbek tili — 200 ta.
Bakalavriat yo‘nalishining masofaviy ta’lim shakli uchun 400 ta o‘rin ajratildi. Shundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- O‘zbek tili - 400 ta.
Yangi o‘quv yilida Qo‘qon davlat universiteti magistraturasi kunduzgi ta’lim shakli uchun 170 ta kvota ajratildi:
Davlat granti: 73 ta;
shundan, o‘zbek tili – 71 ta, rus tili – 2 ta,
Kontrakt: 97 ta;
shundan, o‘zbek tili – 91 ta, rus tili – 6 ta.
Bundan tashqari, davlat tomonidan yana bir necha yo‘nalishda qo‘shimcha kvotalar ajratiladi. Jumladan, besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 40 ta, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 61 ta (kunduzgi ta’lim shakli uchun – 49 ta, kechki ta’lim shakli uchun – 4 ta,masofaviy ta’lim shakli uchun – 8 ta), mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun 30 ta (kunduzgi – 24 ta, kechki – 2 ta, masofaviy – 4 ta), harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun 152 ta (kunduzgi – 122 ta (grant - 29 ta, to‘lov-kontrakt - 93), kechki – 10 ta (to‘lov-kontrakt), masofaviy – 20 ta (to‘lov-kontrakt).