Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
2025-yil 24-iyul kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida keng jamoatchilik ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoʻqon davlat universiteti ijodkorlari, xalqimizning sevimli san’atkorlari, taniqli shou yulduzlari, iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Tomoshabinlarga yuqori kayfiyat, musiqiy zavq tuhfa etildi.
Maxsus mehmon – EVRO_UZ shou ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqish bilan kutib olindi.
Mazkur tadbirda Qo‘qon davlat universiteti hamda Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi faol ishtirok etdi. Ular tomonidan tadbirning tashkiliy va mazmuniy jihatdan yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shildi.
Ochiq osmon ostida o‘tgan ushbu konsert yoshlarda vatanparvarlik, ijodkorlik, madaniyatga muhabbat va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qildi.