Orqaga
Calendar icon

“TalabaExpo – 2025”: Bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi

Kasb ko‘rgazmasi doirasida Qo‘qon davlat universiteti ishtirokida taqdimot va diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qo‘qon davlat universiteti rahbarlari tomonidan universitetining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, zamonaviy o‘quv dasturlari, shuningdek, bitiruvchilari va ularning muvaffaqiyatli mehnat faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng bitiruvchi talabalarga diplomlar Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Oybek Bozorovlar ishtirokida tantanali topshirildi.

Bitiruvchilar uchun quvonchli va unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan ushbu marosimda yoshlarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularning kelgusi faoliyatida yutuqlar, mustahkam irodali bo‘lish va jamiyatda munosib o‘rin egallashlari tilab qolindi.

Mazkur ko‘rgazma doirasidagi tadbirlar yoshlarga nafaqat o‘z bilim va yutuqlarini tantanali tarzda nishonlash, balki mehnat bozoriga ishonch bilan kirib borishga tayyor ekanliklarini namoyon etish uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

#TalabaEkspo #DiplomTopshirish