“TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi rasman ochib berildi
Farg‘ona shahrida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligiga ko‘maklashish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “O‘zmilliybank”AJ, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi va “Kelajakka qadam” markazi xodimlari kirish so‘zi ochib berdilar.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarga, xususan, oliy ta’lim bitiruvchilariga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligi va kelajakdagi faoliyati uchun amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimiz tomonidan yoshlarga ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, o‘z biznesini boshlash hamda kasbiy rivojlanish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilmoqda.
#Jarayon #TalabaEkspo_2025