“TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Fargʻonada
2025-yil 24-iyul kunlari Fargʻona shahrida viloyat oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Mazkur koʻrgazma yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda minglab talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi. Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.
Barcha oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan fargʻonalik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!
Manzil: Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi
#KelajakkaQadam #TalabaExpo2025