Orqaga
Calendar icon

Qabul jarayonlarining birinchi bosqichi yakuniga yetmoqda


Bugun yurtimiz bo‘ylab 2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun boshlangan test sinovlarining oxirgi kuni.

Oʻtgan yildan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq ikki bosqichda amalga oshirila boshlagan edi. Bu yil ham test sinovlari Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda abituriyentlar test sinovini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, faqat fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlashgan edi.

Ikkinchi bosqichda esa abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.


#Qabul2025 #Abituriyent