Qayta taqsimlanadigan ta’lim granti tanlovi uchun “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha test sinovi oʻtkaziladi
Ta’lim grantiga talabgorlar (1-kurs bakalavr va 1-kurs magistrantlar) “Ijtimoiy faollik indeksi”ning birinchi mezoni — “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha 40 ta test savollari asosida baholanadi. Har bir test savoli uchun 1 daqiqa vaqt belgilangan.
Talabgorlar http://ijtimoiyfaollik.kokandsu.uz sayti orqali joriy yilning 25-iyul kuni soat 8:00 dan 20:00 ga qadar ushbu test sinovida onlayn ishtirok etadi.
Talabgorlar tizimga HEMIS platformasidagi o‘z loginlari hamda paroli yordamida kirib, test sinovida qatnashadilar.