Magistraturaga qabul davom etmoqda
Bugungacha 20 mingdan ziyod ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Ma’lumot uchun, ariza topshirishda:
➖Bakalavr diplomi;
➖Chet tilini bilish sertifikati kerak bo‘ladi.
Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
➖Tegishli yutuqlari mavjud;
➖Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar).
Eslatma!!!
Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, magistratura va doktorantura qabuli uchun quyidagi darajalarda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etiladi:
1️⃣xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha – kamida C1 darajasida;
2️⃣gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va taʼlim sohalari boʻyicha – kamida B2 darajasida;
3️⃣boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha – kamida B1 darajasida.
Arizalar my.edu.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.