Orqaga
Calendar icon

Qoʻqon davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda


2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:

➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.


Qoʻqon davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) boʻyicha quyidagi taʼlim yoʻnalishlari mavjud:

Amaliy matematika

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Boshlang‘ich taʼlim

Maxsus pedagogika: logopediya

Ona tili va adabiyoti: rus tili


Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Talabgorlar suhbat asosida talabalikka qabul qilinadi. Suhbat boʻlib oʻtadigan sanalar universitet veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali qoʻshimcha eʼlon qilinadi!

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.


#Qabul2025 #IkkinchiMutaxassislik