Orqaga
Calendar icon

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida davlat fuqarolik xizmatiga nisbatan qiziqishni oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilandi


Bu haqda Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar DASTURIda belgilandi.

Jumladan, 2025-2026 yillarda:

▫️Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi o‘quv dasturlariga «Davlat xizmati» yoki «Davlat fuqarolik xizmati» fakultativ kursi kiritiladi;

▫️Davlat fuqarolik xizmati sohasida yuqori natijalar ko‘rsatgan hamda obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan davlat fuqarolik xizmatchilari bilan turkum uchrashuvlar tashkil etiladi;

▫️Tegishli sohada yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan davlat fuqarolik xizmatchilari oliy ta’lim muassasalaridagi darslarga faol jalb etiladi.

Mas’ul ijrochilar sifatida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilangan.