Oliygohlar reytingini aniqlashda kurash seksiyalari tashkil etilganligi uchun ham ball beriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha eʼlon qilindi.
Muhokama uchun joylashtirilgan loyihaga koʻra, oliy taʼlim muassasalari sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun reytingda 1 ball berish taklif etilmoqda.
Loyiha muhokamasi 5-avgustga qadar davom etadi.
Loyiha bilan tanishish va muhokamada ishtirok etish havolasi: https://regulation.adliya.uz/project/6727/15184?contentLang=uz
#Diqqat #LoyihaMuhokamasi