Kirish test sinovlari davom etmoqda
Mamlakatimizda 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlari izchil davom etmoqda.
Xususan, Fargʻona viloyatining turli hududlarida abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, test jarayonining shaffof va adolatli tashkil etilishi keng jamoatchilik e’tiborida.
Ta’kidlash joizki, Qo‘qon davlat universiteti jamoasi ham mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda. Universitet vakillari Bilim va malakalarni baholash agentligining (BMBA) Fargʻona viloyati bo‘limida tashkil etilgan test sinovlarining yuqori saviyada, tizimli va samarali o‘tishini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Qo‘qonDU jamoasi test topshirayotgan abituriyentlar uchun qulay muhit yaratish, tartib-intizomga rioya qilinishini ta’minlash, texnik va tashkiliy masalalarni hal etishda faol ko‘mak bermoqda.
Mazkur yirik ta’lim jarayonining sifatli va shaffof o‘tishi kelgusida yoshlarning bilimli, zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashlariga zamin yaratadi.
Test sinovlari belgilangan tartibda davom etmoqda.