“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — ochiq muloqot va yangi tashabbuslar
Qoʻqon davlat universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida universitet rahbariyati bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Oybek Bozorov hamda moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Jasurbek Azamov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, bitiruvchilarning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlarida zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, ijtimoiy hayotda munosib o‘rin egallashi borasida fikrlar almashildi. Universitet rahbariyati talabalarga har qanday yordam va ko‘mak zarur bo‘lsa, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini alohida taʼkidladilar.
Uchrashuv “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bilan davom ettirildi. Tadbirda so‘z olganlar diniy bagʻrikenglik — barqaror jamiyatning asosi ekanini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi va millatlararo totuvlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan atroflicha javob oldilar.