QoʻqonDU rektori Liberets texnika universiteti rahbariyati bilan uchrashdi
Ayni kunlarda Qoʻqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Chexiya Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya dunyodagi top-1000 talik reytingdagi — Liberets texnika universitetida (Technical University of Liberec, TUL) bo‘lib, mazkur universitet rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida oliygohlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma dasturlar tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, ikkala oliygohning ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriya bazasi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki muhokama qilindi. Universitetning ilmiy laboratoriyalari, taʼlim binolari hamda innovatsion markazlari bilan yaqindan tanishildi.
Liberets texnika universiteti Chexiyaning eng ilg‘or texnika oliygohlaridan biri hisoblanib, mexanik muhandislik, to‘qimachilik sanoati, nanomateriallar va IT sohasida kuchli ilmiy salohiyatga ega.
Tashrif yakunida tomonlar kelgusida hamkorlik doirasini kengaytirishga kelishib oldilar.