Orqaga
Calendar icon

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir


Qo‘qon davlat universitetining Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yoshlar — qadriyat posbonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Unda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish masalalari asosiy mavzu boʻldi.